[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Eroniy xalqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eroniy xalqlar
Umumiy aholi soni

104 milliondan ortiq

Katta aholiga ega mintaqalar
 Eron
 Afgʻoniston
 Tojikiston
 Oʻzbekiston
 Pokiston
 Turkiya
 Iroq
 Suriya
 Ozarbayjon
 Rossiya
 Xitoy
 Gruziya
Tillar
Eroniy tillar
Dinlar
asosan islom
Qarindosh etnik guruhlar
hind-oriylar, dardiylar, nuristoniylar, hind-yevropa va turkiy xalqlar
Persepoldagi fors jangchilari barelyefi

Eroniy xalqlar (forscha: مردمان ایرانی; tojikcha: мардумхои эронӣ; osetin: ирайнаг адæмтæ ) — hind-yevropa tillaridagi oriylar oilasining eroniy tillarida soʻzlovchi, kelib chiqishi umumiy boʻlgan xalqlar. Eroniy xalqlar Yevrosiyo qitʼsidagi eng qadimiy xalqlar oilasidan biri hisoblanadi. Ushbu xalqlarning yuzaga kelishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikka borib taqaladi. Eroniy xalqlar rivojlanishi va kichik sub-oilalarga boʻlinishi qadimgi Baqtriya (hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududlari) hududida amalga oshgan. Eroniy xalqlarning umumiy soni taxminan 200 million kishini tashkil etadi. Hozirgi paytda Eroniy xalqlar asosan Eron, Afgʻoniston va Tojikiston, qisman Oʻzbekiston, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq, Suriya, janubiy Rossiya, Gurjiston va Xitoy hududlarida keng tarqalgan. Ushbu xalqlar eroniy tillarda soʻzlashadi. Eroniy xalqlar tili, madaniyati va tarixi, dunyoda eng koʻp tatqiq qilinadigan ilmiy yoʻnalishlardan biridir. Eroniy xalqlar va turkiy xalqlar tarixi va madaniyati bir-biri bilan chambarchas bogʻliq.

Nomi kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Eroniylar“ yoki „eronliklar“ atamasi, tarixiy va qadimiy „Eron“ (forscha: ايراﻥ‎ [ʔiˈɾɒn]) soʻzidan kelib chiqadi. Ushbu atama, qadimiy eron tilidagi a(i)ryāna — yaʼni oriylar yurti soʻzidan kelib chiqgan. Avestiylik tilida esa airyō.šayana „oriylar makoni“, airyå daiŋʹhāwō — „oriylar yurti“, parfiya va soʻgʻdiylar tilida aryān deb nomlangan. Hozirgi paytda, Eron dunyodagi mavjud davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, eroniy xalqlar etnik guruhi nafaqat hozirgi Eron hududida, balki uning tashqarisida ham keng tarqalgan[1].

Eroniy xalqlar kelib chiqishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikda, Baqtriya va Margʻiyona (hozirgi shimoliy Afgʻoniston va Pokiston va janubiy Oʻzbekiston va Tojikiston hududlari) hududida keng tarqalgan hindo-eron kontinuumining inqirozga uchrab barham topishi bilan boshlangan. Ushbu inqiroz oqibatida, hindo-oriylar, mintaniylar va vujudga kelayotgan eroniy xalqlar bir-biridan jugʻrofik va lingvistik tomondan uzoqlashib tarqoq holga kelgan.

Eramizdan avvalgi II-mingyillik oxirida, yangi vujudga kelgan eroniy xalqlar guruhlarning baʼzilari Oʻrta Osiyo hududlaridan koʻchib oʻtib, Hindukush, Mesopotamiya, Pomir va boshqa hududlarga oʻrnashishadi. Ushbu koʻchishlar oqibatida yanada koʻplab eroniy etnik guruhchalar yuzaga keladi[1].

„Eronliklar“ terminining hozirgi maʼnolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi paytda „eronliklar“ atamasi asosan zamonaviy Eron davlatida yashovchi xalqlarga nisbatan qoʻllanadi. Shu bilan birga, hozirgi paytda va asosan undan oldinroq, ushbu atama bilan Eron hududidan bir necha marotaba kattaroq boʻlgan hududlarda yashovchi xalqlar nazarda tutiladi. Ushbu katta oʻlkaga Oʻrta Osiyoning janubiy qismi, Afgʻoniston, shimoliy Pokiston, Iroq va Suriya, shuningdek janubi-sharqiy Turkiya kiradi. Baʼzida ushbu hududlar „Katta Eron“ yoki „Buyuk Xuroson“ deb ataladi.

Eroniy tillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubi-gʻarbiy tillar

Ushbu kontinuumga qattiq farqlanadigan hazoralar va choraymoqlar tillari, shuningdek:
  • Tat tili
  • Lur-baxtiyoriylar tillari
    • Lur tili
    • Baxtiyoriy tili
  • Fars sheʼvalari
  • Lar sheʼvalari
  • Kurdushli tili
  • Qumzoriy tili

Shimoli-gʻarbiy tillar

  • Kurd tilari
    • kurmanjiy
    • soraniy
    • feyliy
    • lokiy
  • Daylamiy tillari
    • guroniy (avrumoniy)
    • zazaki (dimliy)
  • Kaspiyoldi tillar
    • gilyon tili
    • mozandaron tili
    • velatru tili
    • shomirzodiy tili
  • Ozariy † — turkiy tillar tufayli oʻchgan Ozarbayjon hududidagi qadimiy til va ularning hozirgi lokal qoldiqlari:
    • tolish tili
    • tat tili
    • kilit tili †
  • Semnon tillari — xilma-xil lokal sheʼvalar:
    • semnon tili
    • sangisar tili
    • semnon yerlari tillari
  • Markaziy eroniy guruh
    • markaziy eroniy tillar
    • sivandiy
    • tojrishiy †
  • «Sharqiy» hudu
    • baluj tili
    • ormuriy
    • parochiy

Janubi-shaqriy tillar

  • Afgʻoncha tillar
  • Pomir tillari
    • vohon tili
    • munjon tili
      • sargʻulom tili †
    • Janubiy Pomir tillari
      • ishkoshim tili
      • sanglich tili
      • zebak tili †
    • Shimoliy Pomir subguruhi
      • yozgʻulom tili
      • vanj tili †
      • Shugʻnon-rushon tillari
        • shugʻnon tili
        • rushon tili
        • bartang tili
        • xuf tili
        • roʻshorv tili
        • sarikoʻl tili

Shimoli-sharqiy

  • Yagʻnob tili (sugʻd tilidan kelib chiqqan va ushbu tilga juda oʻxshash)
  • Alan tili †
    • Osetin tili (kudarja va ksancha - Janubiy Osetiyada, ironcha va digorcha - Shimoliy Osetiyada)
    • Yass tili †

Qadimgi eroniylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eramidan avvalgi I-mingyillik oxirida eroniy xalqlar katta hududlarga tarqalib, Oʻrta Osiyo, Eron togʻligi, Hindukush, Hind, Kavkaz va boshqa joylarda oʻrnashib olishadi. Quyida qadimiy koʻchmanchi va koʻchmanchi boʻlmagan eroniy xalqlar koʻrsatilgan:

Vujudga kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi eroniy xalqlar va ularga qardosh baʼzi turkiy xalqlar vujudga kelishi bir nechta davrlarda yuz bergan:

Fors qizi
  • Yangi vujudga kelgan turkiy tillarning ekspansiyasi va butun Oʻrta Osiyoda uzoq davom etgan eroniy tojik tilining boshqaruvi tugashi va uning Oʻrta Osiyo janubida va janubi-sharqida, shuningdek shimoliy Afgʻonistonda gegemoniyasi qolishi.
  • Eroniy madaniyatga ega va boshqa turkiy xalqlardan farqli oʻlaroq koʻchmanchi boʻlmagan oʻzbek etnosining vujudga kelishi.

Hozirgi eroniy xalqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pushtun — Afgʻoniston sobiq Prezidenti Hamid Karzay
Baluj dehqoni
  • Forslar (fors., dariy ایرانی‌ها، تاجیک‌ها fårsån, pårsån, irånihå) — eng asosiy va katta eroniy xalql. Forslarning umumiy soni har xil hisob-kitoblarga koʻra 40 milliondan 90 milliongacha kishini tashkil etadi va asosan Eron, qisman Afgʻoniston, Turkiya va boshqa davlatlarda keng tarqalishgan[2]. Asosan islom dinining shialik mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
  • Tojiklar (dariy ایرانی‌ها، تاجیک‌ها fårsån, tåjikhå, tojik. forson, toҷikho) — forslarga juda yaqin qarindosh boʻlgan va ulardan til, tuzilish va madaniyat boʻyicha juda kam farqlanadigan eroniy xalq. Tojiklarning umumiy soni qariyb 20—25 million kishini tashkil etadi va asosan Tojikiston, Afgʻoniston, qisman Oʻzbekiston, Eron va Rossiyada keng tarqalgan. Asosan islom dinining sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilishadi[3].
  • Pushtunlar, baʼzida afgʻonlar (pusht. پښتون, gʻarbda paṣ̌tún, sharqda paxˇtún) — sharqiy-eroniy xalq. Koʻplari yarimkoʻchmanchi. Eroniy pushtu tilida soʻzlashishadi. Asosan Afgʻonistonning janubiy va sharqiy qismida, shuningdek shimoliy va gʻarbiy Pokistonda keng tarqalgan. Pushtunlarning umumiy soni qariyb 42—45 million kishini tashkil etadi[4]. Pushtunlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
  • Pashaiylar, baʼzida lagʻmoniylar (fors. پشه‌ای) — janubi-sharqiy eroniy xalq. Asosan Afgʻonistonning Qobul va Qunar daryolari va togʻliklarida, Pokistonning Haybar-Paxtunxva viloyatida keng tarqalgan. Pashaiylar soni taxminan 100 000 kishini tashkil etadi[5]. Asosan pashaiy tilida, shuningdek dariy va pushtun tillarida soʻzlashishadi. Dini va eʼtiqodi boʻyicha pashaiylar asosan islom dinining sunniy mazhabiga mansub, baʼzilari esa shia mazhabining ismoiliy oqimiga mansub.
  • Kurdlar (kurd. Kurd /کورد, Kurmancî /کورمانجی) — gʻarbiy-eroniy xalq. Asosan hozirgi Turkiya janubi-sharqi, sharqiy va shimoliy Iroq, gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy Eron, shimoliy va sharqiy Suriyada keng tarqalgan. Qabilali boʻlinishlarga ega boʻlib, kurd tilining turli sheʼvalarida soʻzlashishadi. Ushbu sheʼvalar ikki katta guruhga: kurmanji (shimoliy kurd tili) va sorani (janubiy kurd tili) sheʼvalariga boʻlinadi. Kurdlar etnosiga shuningdek zazalar va goʻroniylar ham qoʻshiladi. Kurdlar soni taxminan 35—40 million kishini tashkil etadi[6][7][8]. Dini va eʼtiqodi boʻyicha asosan islom dinining sunniy mazhabiga, shuningdek shia va alaviy mazhabi, yezidizm va xristian diniga boʻlinadi.
  • Balujlar (baluj. بلوچ balōč) — yarimkoʻchmanchi sharqiy-eroniy xalq. Asosan qabilalarga boʻlinadi va balujlarning soni taxminan 10 million kishini tashkil etadi. Asosan Pokistonning Balujiston provinsiyasi, Afgʻonistonning janubi-sharqiy qismi va Eronning Siston va Balujiston ostanida keng tarqalgan. Balujlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga mansub hisoblanishadi.
  • Mozandaronlar va Gilaklar (mozand. مزرونی، تاپوری mazruni, topuri, gilak. گیلک giläk) — forslarga yaqin qarindosh hisoblanadigan eroniy xalqlar. Eronning shimoliy qismidagi Mozandaron va Gilon ostanlarida, Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlari atrofida keng tarqalgan. Mozandaronlar soni taxminan 4 million, gilaklar soni esa taxminan 2—3 million kishini tashkil etadi. Ushbu ikki xalqning tillari Eronda hech qanday maqomga ega emas va ular fors tili sheʼvalaridan biri deb hisoblanadi. Ikkala xalq ham islom dinining shialik mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
  • Lurlar va Baxtiyoriilar (fors. لر، بختیاری lor, baxtiyårī) — yarimkoʻchmanchi eroniy xalqlar. Asosan Eronning gʻarbiy qismida keng tarqalgan. Fors tili sheʼvalarida soʻzlshishadi. Lurlar soni taxminan 4—8 million kishini, baxtiyoriilar soni esa taxminan 150—200 ming kishini tashkil etadi. Asosan islomning shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi[9].
  • Pomir xalqlari — sharqiy eroniy tillar va sheʼvalarda soʻzlovchi xalqlar. Asosan Tojikistonning Pomir togʻli oʻlkasida, shu jumladan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatida, shimoli-sharqiy Afgʻonistonda, shimoliy Pokistonda va Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor tumani janubi-gʻarbida keng tarqalgan. Pomir xalqlari soni har xil hisob-kitoblarga koʻra 250—300 ming kishini tashkil etadi[10]. Pomir xalqlari asosan islom dinidagi shialik mazhabining ismoiliy oqimiga eʼtiqod qilishadi.
  • Hazoralar (hazōra) — Chingizxon davridan qolgan moʻgʻul askarlarining mahalliy aholi bilan aralashib vujudga kelganlar avlodlari. Asosan Afgʻonistonning togʻli hududlarida keng tarqalgan. Asosan dariy tili va fors-tojik tillari sheʼvalarida soʻzlashishadi. Hazoralar asosan islomning shialik mazhabiga mansub boʻlib, qariyb 7 million kishini tashkil etishadi[11].
  • Choraymoqlar (dariy. چار‌ایماق) — kelib chiqishi turkiy boʻlgan eroniy yarimkoʻchmanchi xalq. Choraymoqlar bir nechta qabilalarga boʻlingan. Eng katta qabilalari bu: jamshidlar, feruzkoʻhilar, taymanlar va teymurlar. Asosan Afgʻonistonning shimoli-gʻarbi va Eronning shimoli-sharqida keng tarqalgan. Choraymoqlarning umumiy soni taxminan 900 ming kishini tashkil etadi[12]. Fors va dariy tilarining turli sheʼvalarida soʻzlashishadi va asosan islomning sunniylik hamda shialik mazhablariga mansub hisoblanishadi.
  • Tatlar (tat, parsi, dagli, lohijihon) — Kavkazortida keng tarqalgan eroniy xalq. Tili va kelib chiqishi boʻyicha boshqa eroniy xalqlardan ozroq farqlanishadi. Tatlarning umumiy soni qariyb 50 ming kishi va asosan Ozarbayjon, Eron va Rossiya shimoliy Kavkazida keng tarqalgan[13]. Asosan islom dinining shialik va sunniylik mazhablariga eʼtiqod qilishadi.
  • Tolishlar (tol. tolışon) — Kavkazortida keng tarqalgan eroniy xalq. Tolishlar kelib chiqishida eroniylardan tashqari turli Kavkaz etnoslari ham qatnashgan. Tolish tilida soʻzlashishadi. Tolishlarning umumiy soni ha-xil hisob-kitoblarga koʻra 260—800 ming kishini tashkil etadi va asosan Ozarbayjon janubi va Eronning shimoli-gʻarbidagi Gilon va Ardabil ostanlarida keng tarqalgan[14]. Asosan islomning sunniylik hamda shialik mazhablariga mansub hisoblanishadi.
  • Osetinlar (oset. ir, irættæ) — boshqa eroniy xalqlardan farqlanadigan kelib chiqishi eroniy xalq. Osetin tilida soʻzlashishadi. Osetinlarning umumiy soni qariyb 700 ming kishini tashkil etadi va asosan Rossiyaing Shimoliy Osetiya — Alaniya Respublikasi, Gurjiston tarkibidagi Janubiy Osetiya muxtor viloyati, Suriya va Turkiyada keng tarqalgan[15]. Osetinlarning asosiy qismi xristian dinining pravoslavlik oqimiga eʼtiqod qilishadi.

Madaniyati va eʼtiqodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Katta Eron" oʻlkasiga kiruvchi hududlar

Katta Eron yoki Buyuk Eron (fors. ایران بزرگ‎ — Iran-e bozorg; fors. ایران‌زمین‎ — Iranzamin) — tarixiy, madaniy, diniy va siyosiy oʻlka. „Katta“ yoki „Buyuk“ oʻlkasi quyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi: hozirgi Eronning hududi, gʻarbiy va shimoliy Iroq, shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, sharqiy, shimoliy va janubiy Gurjiston, Afgʻoniston, gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoliy Pokiston, Tojikiston, janubiy va gʻarbiy Qirgʻiziston, janubi-gʻarbiy va janubiy Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor tumani janubi va gʻarbi, Rossiyaning Dogʻiston, Checheniston, Ingushiya va Shimoliy Osetiya hududlari[16][17].

XIX asrdan to hozirgacha eronshunosligida ham „Katta Eron“ ham „Eron“ atamalari ishlatilib kelinadi. Shuningdek „Buyuk Eron“ va „Eron madaniy oʻlkasi“ kabi atamalar ham uchrab turadi. „Katta Eron“ oʻlkasi hozirgi siyosiy jabhadan tubdan farq qilib, faqat tarixiy, madaniy va diniy birlikka ishora qiladi. „Katta Eron“ oʻlkasi tarixi Sosoniylarning ushbu oʻlkaga kiruvchi hududlarini bosib olib Sosoniylar davlatiga asos solinganida boshlangan va boshqa sulolalar tomonidan davom ettirilgan. Forslar ushbu hududlarni egallab olishgani bilan ular oʻz dini, tili va madaniyatini mahalliy xalqlarga singdirishgan. Asrlar osha ushbu xalqlar va hududlar juda qalin hamkorlikda boʻlishgan[17].

Oʻlkaga kiruvchi hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi paytda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat Kirgan hududi
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston butunlay
Armaniston butunlay
Eron bayrogʻi Eron butunlay
Iroq bayrogʻi Iroq gʻarbiy va shimoliy qismi
Gruziya bayrogʻi Gurjiston janubiy, shimoliy va sharqiy qismi
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon butunlay
Pokiston bayrogʻi Pokiston janubi-gʻarbiy, gʻarbiy va shimoliy qismi
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston janubiy va gʻarbiy qismi
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston janubi-gʻarbiy va janubiy qismi
Rossiya bayrogʻi Rossiya Dogʻiston, Checheniston, Ingushiya va Shimoliy Osetiya hududlari
Suriya bayrogʻi Suriya shimoli-sharqiy qismi
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston butunlay
Turkiya bayrogʻi Turkiya janubi-sharqiy qismi
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston butunlay
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston butunlay
Xitoy bayrogʻi Xitoy Shinjon-Uygʻur muxtor tumanining janubiy va gʻarbiy qismi

Ildizi eroniy boʻlgan va eroniy xalqlar bilan bogʻliq xalqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eroniy va forsiy madaniyat Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo tarixi va madaniyatida chuqur iz qoldirgan. Ushbu madaniy izlar, saklar va massagetlar qabilalari, ulkan Ahamoniylar Imperiyasi, Sosoniylar Davlati davrlarida yanada chuqur ildiz otgan.

Eroniy xalqlar va birinchi navbatda forslar boshqa yerlarni bosib olayotgan paytda ushbu xalqlarga oʻz madaniyati va eʼtiqodini targʻib qilgani va ularning baʼzilari mahalliy xalqlar bilan assimilyatsiyaga uchragani oqibatida ushbu izlar yanada rivojlangan. Ushbu izlar, hozirgi baʼzi turkiy xalqlar etnogenezida chuqur ildizga ega va ushbu turkiy xalqlar eroniy xalqlar bilan tarixiy va madaniy jihatdan qarindosh. Ushbu xalqlar etnogenezida forsiy va eroniy qonlar katta qismni egallaydi. Eroniylarga qardosh ushbu turkiy xalqlarga ozarbayjonlar, turkmanlar, oʻzbeklar va uygʻurlar kiradi[18][19][20].

Dini va eʼtiqodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi eroniy xalqlarning asosiy qismi islom dinining ikki mazhabiga (sunniylik va shialik) eʼtiqod qilishadi. Bular:

Shialik mazhabining boshqa oqimlari:

Baʼzi kurdlar yezidizm dini — islom dinidan juda katta farqlanib, islomdan oldingi diniy eʼtiqodlarni oʻz ichiga oladigan dinga eʼtiqod qilishadi. Shuningdek, eroniy xalqlardan baʼzilari zardushtiylik diniga eʼtiqod qilishadi. Zardushtiylar asosan Eron, Ozarbayjon va Afgʻonistonda tarqalgan.

Osetiya „oroli“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa eroniy xalqlar va oʻlkalardan farqli oʻlaroq, Kavkazdagi alohida, boshqa eroniy xalqlar va oʻlkalardan uzoq joylashgan eroniy Alaniya (Osetiya) oʻlkasi boshqacha rivoj va inqirozga yuz tutgan. Alanlarning Oʻrta Osiyodagi Xorazm va Soʻgʻd eroniy oʻlkalari bilan mustahkam aloqalari eramizning I-mingyilligi oxirigacha uzilmay kelgan. Ushbu aloqalar susayishi va inqirozga yuz tutishi birinchi navbatda alanlarning Kavkaz xalqlari bilan aralashuvi va Vizantiyaga oshiqishi muhim rol oʻynagan. Keyinroq alanlar moʻgʻullar istilosidan keyin oʻzlarini tiklay olmay inqirozga yuz tutgan.

Alanlarning hozirgi avlodlari — osetinlar ushbu inqirozlar tufayli boshqa eroniy xalqlardan uzoqda qolib keishgan va Kavkazning baʼzi xalqlari bilan qoʻshilishgan. Buning natijasida osetinlar madaniyatida Kavkaz eroniy madaniyatdan ustun kelib osetinlarni eroniylikdan yanada uzoqlashtirgan. Shuning uchun hozirgi osetinlar eroniy xalq hisoblansa ham, boshqa eroniy xalqlardan keskin farq qilishadi. Ushbu farq osetinlarning eʼtiqodida yanada yaxshiroq koʻrinadi, chunki osetinlarning asosiy qismi xristan dinining pravoslavlik mazhabiga eʼtiqod qilishadi[21].

  1. 1,0 1,1 „The Paleolithic Indo-Europeans“ — Panshin.com . Retrieved 4-iyun 2006-yil.
  2. The World Factbook — Iran, 2012-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-10-21 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 19 (yordam)
  3. C.E. Bosworth, B.G. Fragner (1999). "TĀDJĪK". Encyclopaedia of Islam (CD-ROM Edition v. 1.0 nashri). Leiden, The Netherlands: Koninklijke Brill NV. 
  4. Pashtun Ethnic Agenda at Heart of Afghan War
  5. http://www.sil.org/asia/ldc/parallel_papers/ju-hong_yun.pdf
  6. CIA: 14 million in Turkey, 6.2-6.5 million in Iraq, 6.5-7.7 million in Iran (all for 2011), plus several million in Syria, neighboring countries, and the diaspora
  7. The Kurds: culture and language rights (Kerim Yildiz, Georgina Fryer, Kurdish Human Rights Project; 2004): 18 % of Turkey, 20 % of Iraq, 8 % of Iran, 9.6 %+ of Syria; plus 1-2 million in neighboring countries and the diaspora
  8. Sandra Mackey, „The reckoning: Iraq and the legacy of Saddam“, W.W. Norton and Company, 2002. Excerpt from pg 350: „As much as 25 % of Turkey is Kurdish.“
  9. Encyclopedia Britannica[sayt ishlamaydi]
  10. B. B. Lashkarbekov. Pamirskaya ekspeditsiya (stati i materiali polevix issledovaniy). M.: Institut vostokovedeniya RAN, 2006. 272 s.[sayt ishlamaydi]
  11. „Afghanistan“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (13-dekabr 2007-yil). 2016-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2007-yil. (Wayback Machine saytida 2017-09-20 sanasida arxivlangan)
  12. „Aimaq“. 2012-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-oktyabr.
  13. Statkomitet Azerbaydjana
  14. Ethnologue. Talysh
  15. Etnoatlas, 2013-10-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-10-21
  16. Iran continent
  17. 17,0 17,1 Columbia College Today on „Iranian Cultural Continent“, 2006-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-10-18
  18. (people). Article from the Encyclopædia Britannica

    The Azerbaijani are of mixed ethnic origin, the oldest element deriving from the indigenous population of eastern Transcaucasia and possibly from the Medians of northern Persia. This population was Persianized during the period of the Sāsānian dynasty of Iran (3rd-7th century ce).

  19. Azerbaydjansi v BSE
  20. B.S. Dhillon: History and Study of the Jats, ISBN 1-895603-02-1
  21. Алания в XII—XIV вв.