[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Osiyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Osiyoning shahar xaritasi

Janubiy Osiyo - Osiyo qitʼasi dagi tabiiy mintaqa. Unga Hindiston va Hindixitoy yarim orollari, Himolay togʻlari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Maydoni 4.5mln. km². Janubiy Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi har xil. Butun oʻlka iqlimi musson sirkulyasiyasi taʼsirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial ikdim va landshaft tiplari mavjud. Gʻarbiy qismi choʻllardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan HindistonMalay fauna oblastiga kiradi. Janubiy Osiyoda (asosan tekislikqismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda. Janubiy Osiyo hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Baʼzan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham Janubiy Osiyo tarkibiga kiritadilar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil