[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Elias Stein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elias Menachem Stein
Tavalludi 13-yanvar 1931-yil
Antwerp, Belgiya
Vafoti 23-dekabr 2018-yil(2018-12-23)
(87 yoshda)
Somerville, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Princeton universiteti
Akademik rahbarlari Antoni Zygmund
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Stein–Strömberg teoremasi
Mukofotlari Rolf Schock mukofoti (matematika boʻyicha) (1993)
Wolf mukofoti (1999)
Milliy fan medali (2001)
Steele mukofoti (2002)
Turmush oʻrtogʻi Elly Intrator

Elias Stein (talaffuzi: Elias Steyn) (13-yanvar 1931-yil — 23-dekabr 2018-yil) — amerikalik matematik. Stein garmonik tahlil sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1999-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Stein Belgiyaning Antwerp shahrida tugʻilgan. 1940-yilgi Germaniya agressiyasidan keyin, Steinlar oilasi AQShga koʻchib ketgan. Stein 1949-yilda Stuyvesant oʻrta maktabini tugatgan. U kollejda kelajakdagi Paul Cohen bilan birga oʻqigan. 1955-yil Chicago universitetida Antoni Zygmund rahbarligi ostida PhD darajasini olgan. 1955-yilda Massachusetts texnologiya institutida dars berishni boshlagan, 1958-yilda Chicago universitetiga assistent boʻlib ishga kirgan. 1963-yilda Princetonda toʻliq professor etib tayinlangan va umrining oxirigacha ayni universitetda ishlagan.

Stein asosan garmonik tahlil sohasida ish olib borgan va Calderón–Zygmund nazariyasini kengaytirishga va aniqlashtirishga salmoqli hissa qoʻshgan. Shuningdek, garmonik tahlil boʻyicha qator kitob yozgan. 50 dan oshiq doktorantura talabasiga, jumladan, Fields medali sovrindorlari Charles Fefferman va Terence Taoga rahbarlik qilgan.