[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Simon Donaldson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simon Donaldson
Tavalludi 20-avgust 1957-yil (1957-08-20) (67 yosh)
Cambridge, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Sohasi Matematika
Institutlar London imperial kolleji
Stony Brook universiteti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Stanford universiteti
All Souls kolleji
Taʼlimi Worcester kolleji, Oxford
Pembroke kolleji, Cambridge
Akademik rahbarlari Michael Atiyah
Nigel Hitchin
Mashhur shogirdlari Dominic Joyce
Dieter Kotschick
Graham Nelson
Paul Seidel
Ivan Smith
Gábor Székelyhidi
Richard Thomas
Mashhur ishlari Toʻrt oʻlchamli silliq xilma-xilliklar topologiyasi
Donaldson nazariyasi
Donaldson teoremasi
Mukofotlari Junior Whitehead mukofoti (1985)
Fields medali (1986)
Qirolli medal (1992)
Crafoord mukofoti (1994)
Pólya mukofoti (1999)
Qirol Faysal xalqaro mukofoti (2006)
Nemmers matematika mukofoti (2008)
Shaw mukofoti (2009)
Matematika yutugʻi mukofoti (2014)
Oswald Veblen mukofoti (2019)
Wolf matematika mukofoti(2020)

Simon Donaldson (talaffuzi: Saymon Donaldson) (1957-yil 20-avgustda tugʻilgan) — angliyalik matematik. Toʻrt oʻlchamli silliq xilma-xilliklar topologiyasi hamda Donaldson-Thomasi nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1986-yil Fields medali, 2020-yil Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.

Donaldson 1979-yil Pembroke kollejini matematika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1980-yil Worcester kollejida avvaliga Nigel Hitchin, keyinchalik Michael Atiyah rahbarligida ilmiy tadqiqotini olib borgan. 1983-yil Oxford universitetidan PhD darajasini olgan.

Donaldsonning asosiy ishlari matematik analizning geometriya masalalariga tatbiqi boʻyichadir. Xususan, olim murakkab differensial geometriya hamda simplektik geometriya boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Hozirgi kunda u Stony Brook universitetida Simons geometriya va fizika markazi aʼzosi hamda London imperial kollejida sof matematika professoridir.