[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Hassler Whitney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hassler Whitney
Tavalludi 23-mart 1907-yil
New York
Vafoti 10-may 1989-yil(1989-05-10)
(82 yoshda)
Princeton, New Jersey
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari George David Birkhoff
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari
Mukofotlari

Hassler Whitney (talaffuzi: Xassler Uitni) (23-mart 1907-yil — 10-may 1989-yil) — amerikalik matematik. Singularlik (oʻzgachalik) nazariyasi asoschilaridan bir. Shuningdek, differentsial geometriya va topologiya, algebraik topologiya, halokatlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1983-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Whitney 1928-va 1929-yillarda Yale universitetidan mos ravishda fizika va musiqa boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1932-yilda Harvard universitetidan matematika boʻyicha PhD ilmiy darajasini olgan[1][2]. Olim 1930–1931-yillarda Harvard universitetida matematika oʻqituvchisi va 1934–1935-yillarda yordamchi professor lavozimida ishlagan.

Whitney algebraik va, ayniqsa, differensial topologiya sohasiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning asosiy natijalaridan biri sanoqli bazaga ega umumiy silliq xilma-xillikning ikki baravargacha katta boʻlgan Euclid fazosiga joylashtirish teoremasidir. Shuningdek, uning xarakterli sinflar va vektorli toʻplamlar boʻyicha ishlari ham eʼtiborga loyiq.

  1. O'Connor, JJ and E F Robertson „Hassler Whitney“. Qaraldi: 2013-yil 16-aprel.
  2. See Kendig (2013, ss. 8–10).