[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ashraf Gʻani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashraf Gʻani Ahmadzay
pushtucha: اشرف غني احمدزی
forscha: اشرف غنی احمدزی

Ashraf Gʻani
 Afgʻoniston Prezidenti
Mansab davri
29-sentabr 2014-yildan – 15-avgust 2021-yilgacha
Vitse-prezident Abdul Rashid Doʻstum
Amrulloh Solih
Oʻtmishdoshi Hamid Karzay
Vorisi Amrulloh Solih (v.b.)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-fevral 1949-yil (1949-02-12) (75 yosh)
Luvgar viloyati, Afgʻoniston
Turmush oʻrtogʻi Rula Gʻani

Ashraf Gʻani (pushtucha: محمد اشرف غني, forscha: محمد اشرف غنی) [1]Afgʻoniston sobiq prezidenti iqtisodchi va antropolog. U 2014-yil 21-sentyabrda Afgʻoniston prezidenti etib saylandi.[2]

2021-yil Afgʻonistonda Tolibon harakatining kuchayishi va mamlakatning 85 % hududi va bir nechta asosiy shaharlarini qoʻlga kiritishi ortidan Ashraf Gʻani Afgʻonistonni tark etishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi[3]. 14-avgustda esa Ashraf Gʻani hatto isteʼfoga chiqish haqida ariza yozgani maʼlum boʻldi[4]. U hokimiyatni muvaqqat hukumatga topshirib, oilasi bilan Tojikistonga uchib ketdi[5]. Bundan tashqari boshqa manbalarda Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda ekani haqida aytib oʻtildi. Keyinchalik, uni Ummonda ekani haqida yozishdi[6]. Keyinchalik Ashraf Gʻani Birlashgan Arab Amirliklaridan turib afgʻon xalqiga videomurojaat yoʻlladi[7].

Ashraf Gʻani isteʼfo berib, mamlakatdan chiqib ketganidan soʻng Afgʻonistonning Tojikistondagi elchisi Zohir Akbar uni davlat xazinasidan pul oʻgʻirlaganlikda aybladi. Akbarning aytishicha Gʻani Afgʻoniston budjetidan 169 million AQSh dollari oʻgʻirlagan. Zohir Akbar shuningdek, Ashraf Gʻanining mamlakatdan qochib ketishini „davlat va millatga xiyonat“ deb atagan[8]. Ashraf Gʻani esa Birlashgan Arab Amirliklaridan turib yoʻllagan videomurojaatida bu gaplarni tuhmat deb atagan[7].

  1. „Президент Афганистана изменил имя“. Lenta.ru (3 ноября 2014).
  2. „Афғонистон: Ашраф Ғани президентликка қасамёд қилди“. Би-Би-Си (2014-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 7-noyabr.
  3. „Афғонистон президенти мамлакатни тарк этишга тайёрланмоқда — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  4. „Афғонистон президенти истеъфога чиқиш ҳақидаги аризасини ёзди — ОAВ“. Bugun.uz. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  5. „Aфғонистон президенти Тожикистонга учиб кетгани айтилмоқда“. Bugun.uz. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  6. „Ашраф Ғани ва маршал Дўстумнинг Ўзбекистонда экани рад этилди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Ашраф Ғани БААдан Афғонистон аҳолисига мурожаат қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  8. „Ашраф Ғанининг мамлакат ғазнасидан қанча пул олгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.