[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Burhoniddin Rabboniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burxoniddin Rabboniy
برهان‌الدین ربانی

Rabboniy. 2010-yil.
Afg'onistonning 3-prezidenti
Mansab davri
1992-yil 28-iyun – 1992-yil 28-iyun - 2001-yil 22-dekabr
Mulla Umar bilan baravar
(Islom Amirligi rahbari sifatida)
1996-yil 27-sentyabr dan - 2001-yil 13-noyabrgacha
Vitse-prezident
Bosh vazir
Oʻtmishdoshi Mohammad Najibullah
Vorisi Hamid Karzai
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1940-yil 20-sentyabr
Badaxshon, Afg'oniston
Vafoti 2011-yil 20-sentyabr
Kobul, Afg'oniston
Oʻlim sababi Suiqasd
Bolalari 4, vorisi Salohiddin
Alma mater

Kobul universiteti (BA)

Al-Azhar universiteti (magistratura, PhD)
Mukofotlari
Ismoil Somoniy ordeni

Burhoniddin Rabboniy (1940-yil 20-sentyabr — 2011-yil 20-sentyabr) — 1992-yildan 2001-yilgacha Afgʻoniston prezidenti. Tolibon harakati tufayli 1996-yil 27-sentyabrdan 2001-yil 13-noyabrgacha uning vakolatlari mamlakatning aksariyat hududlariga, jumladan, poytaxtga taalluqli boʻlmagan, ammo u xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishida davom etgan. Afgʻonistonning qonuniy rahbari. Afgʻoniston Oliy Tinchlik Kengashining raisi.

Burhoniddin Rabboniy 1940-yili Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatining Fayzobod shahrida chorvador tojik[1] forszabon oilasida tug‘ilgan. U Abu Hanifiya diniy maktabida, keyin Kobul universitetining ilohiyot fakultetida tahsil olgan, Misrda Al-Azhar universitetida islom falsafasi bo‘yicha oʻqigan. 1963-yildan Kobul universiteti professori boʻlib, u yerda islom huquqidan dars bergan[2].

Rabboniy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 2001-yil 22-oktyabr. Dushanbe.

1973-yilda shahzoda Dovud davlat toʻntarishidan soʻng Pokistonning Peshovar shahriga hijrat qildi. 1978-yilning apreligacha Rabboniy eng yirik gilam eksportchilari va ishlab chiqaruvchilaridan biri edi[3]. 1979-1989-yillardagi afgʻon urushida jangovar harakatlarda qatnashgan. U afgʻon mujohidlarining qoʻmondonlaridan biri boʻlib, uning jangchilari soni 20 ming kishidan oshgan[4]. 1985-yilda u Badaber lageridagi qoʻzgʻolonni bostirishga shaxsan rahbarlik qilgan.

1989-yildagi maʼlumotlarga koʻra, u Pokistonda parrandachilik fermasi, gilam va mato ishlab chiqaradigan korxonalarga ega boʻlib, yiliga 20 million rupiygacha foyda oladi; uning daromadining yana bir manbai Eron va Pokistonda olib borilgan kontrabanda tovarlari va giyohvand moddalar savdosi edi — Tolibon hokimiyat tepasiga kelguniga qadar u musulmon mamlakatlariga afyun va geroin yetkazib beruvchi yirik tadbirkorlardan biri boʻlgan; Badaxshondan lapis lazuli va Panjshirdan zumrad qazib olishda ham qatnashgan[3].

1992-yil may oyining boshida u Kobulga qaytib keldi va 28-iyunda Peshovar kelishuviga binoan Afgʻoniston Islomiy Davlatining muvaqqat prezidenti lavozimini egalladi. 1992-yil 30-dekabrda, asosan, Rabboniy tarafdorlari bo‘lgan Sho‘ro majlisi uni keyingi 2 yilga prezident etib sayladi. 1994-yilda Oliy sud Rabboniyning prezidentlik muddatini uzaytirdi.

1996-yildan beri Shimoliy Alyans yetakchilaridan biri. 2001 -yil 22-dekabrda Rabboniy prezidentlikdan rasman isteʼfoga chiqdi. Demokratik Afg‘onistonda Afg‘oniston Islom jamiyati partiyasining yetakchisi bo‘lib qoldi.

U 2011-yil 20-sentyabrda Kobulning Vazir Akbar Xon tumanidagi o‘z uyida Tolibon harakatining ikki vakili bilan uchrashuvda xudkush-terrorchining sallasiga yashirilgan bombadan halok bo‘lgan[5][6] .

Oʻgʻli Salohiddin - Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri, otasi vafotidan keyin u partiyani boshqargan.

Xorijiy davlatlarning mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 2-sentyabrda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 1993-1996-yillarda tojikistonliklar oʻrtasidagi muzokaralarga koʻmaklashgani va vositachilik qilgani hamda bu boradagi muzokaralarni tiklash jarayoniga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Burhoniddin Rabboniyni I darajali „Ismoili Somoniy“ ordeni bilan taqdirladi[7] .