Sakegava
Sakegawa 鮭川村 | |
---|---|
Qishloq | |
38°47′47.2″N 140°13′18.6″E / 38.796444°N 140.221833°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1954-yil 1-dekabr |
Maydon | 12,215 km2 (4,716 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil fevral) |
4 132 |
Zichligi | 34 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+09:00 |
|
Sakegava (yaponcha: 鮭川村 Sakegava-mura ) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 29-fevral holatiga koʻra qishloqda 1347 ta xonadonda 4132 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 34 nafardan toʻgʻri keladi[1]. Qishloqning umumiy maydoni 122,15 kvadrat kilometr (47 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[edit | edit source]Sakegava shimoliy Yamagata prefekturasida joylashgan boʻlib, gʻarbda Deva togʻlari bilan oʻralgan. Bu hudud qishda kuchli qor yogʻishi bilan ham mashhur.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[edit | edit source]- Yamagata prefekturasi
Iqlimi
[edit | edit source]Sakegava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu yer uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Sakegavada oʻrtacha yillik harorat 10,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1902 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,2 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,7 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[edit | edit source]Yaponiyaning aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakegava aholisi 1950-yildagi eng yuqori choʻqqiga erishgan koʻrsatkichiga nisbatan yarmidan koʻproqqa kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 6,678 | — |
1930 | 7,571 | +13.4% |
1940 | 7,608 | +0.5% |
1950 | 9,056 | +19.0% |
1960 | 8,374 | −7.5% |
1970 | 7,057 | −15.7% |
1980 | 6,645 | −5.8% |
1990 | 6,396 | −3.7% |
2000 | 5,829 | −8.9% |
2010 | 4,862 | −16.6% |
2020 | 3,902 | −19.7% |
Tarixi
[edit | edit source]Hozirgi Sakegava hududi qadimgi Deva viloyatining Sakegava qismi boʻlgan. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Sakegava qishlogʻi 1954-yil 1-dekabrda Mogami tumanidagi Toyota va Toyosato qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
[edit | edit source]Sakegava iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Shahar nameko qoʻziqorinlari bilan mashhur boʻlib, ularning katta qismini Yamagata prefekturasi uchun ishlab chiqaradi[4]. Shaharning boshqa asosiy eksport mahsulotlariga — guruch va gullar, (masalan, atirgullar va gentianlar) kiradi. Sakegava baliq ovlash bilan ham mashhur boʻlib, har yili oktyabr oyida Eko Parkda ikra festivali oʻtkaziladi[5].
Taʼlim tizimi
[edit | edit source]Sakegavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
Transporti
[edit | edit source]Temir yoʻl
[edit | edit source]Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
- Uzen-Toyosato
Magistral yoʻl
[edit | edit source]- Milliy yoʻnalish 458
Qardosh shahar munosabatlari
[edit | edit source]Mahalliy diqqatga sazovor joylar va festivallar
[edit | edit source]Kabuki
[edit | edit source]Ommaviy kabuki teatri spektakllari har yili iyul oyining birinchi yakshanbasida namoyish etiladi[7].
Qizil ikra festivali
[edit | edit source]Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida qizil ikra festivali oʻtkaziladi. Ushbu festival davomida odamlar daryodan losos baliqlarini oʻz qoʻllari bilan tutish uchun dayo maʼmuriyatiga belgilangan narxni toʻlaydilar.
Nivazuki Kannon chiroqlari festivali
[edit | edit source]Nivazuki Kannon chiroqlar festivali avgust oyida oʻtkaziladi. Nivazukida chiroqlar buddistlar ibodatxonasidan boshlab, daryo boʻylab suzuvchi chiroqlarga barchasini qamrab oladi.
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ Sakegawa Village official statistics (yaponcha)
- ↑ Sakegawa climate data
- ↑ Oguni population statistics
- ↑ Sakegawa-Mura (Wayback Machine saytida 2011-09-27 sanasida arxivlangan). .ocn.ne.jp. Retrieved on 2011-09-30.
- ↑ SAKEGAWA-MURA. ocn.ne.jp
- ↑ „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
- ↑ Sakegawa Kabuki. Yamagata, Japan Information — Yamagata info. En.yamagata-info.com. Retrieved on 2011-09-30.
Havolalar
[edit | edit source]- Rasmiy sayti (yaponcha)