[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

LusakaZambiya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mamlakatning markaziy qismida, 1280 m balandlikda joylashgan. Aholisi 982 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iklimi subekvatorial, oʻrtacha temperatura yanvarda 20,6°, iyulda 15,5°; yiliga 850 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Transport yoʻllarining muhim tuguni, temir yoʻl stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik qishloq xoʻjaligi rayonining savdo-taqsimot markazi. Yengil, oziqovqat, poligrafiya, sement, metallsozlik sanoati korxonalari, universitet, etnografiya instituti, Afrika tadqiqotlar instituti, kutubxona, teatr, Livingston muzeyi, botanika bogʻi bor. Lusaka 1905-yilda Livingston — Broken-Xill temir yoʻldagi stansiya yonida vujudga kelgan. Shahar erkin reja asosida qurilgan. Lusaka 1935-yildan Shimoliy Rodeziya Britaniya protektorati maʼmuriy markazi. 1964-yildan mustaqil Zambiya poytaxti.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil