[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ali

Vikiiqtibosdan olingan
Ali
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Ali ibn Abu Tolib (tax. 600-yil — 661-yil) – islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Iffat hech narsaga ehtiyoj qoldirmaydi[1].
  • Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi[1].
  • Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qoʻriqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda boʻladi[1].
  • Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavozeʼli boʻlinglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavozeʼli boʻlishsin. Jabr qiluvchi olimlardan boʻlmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim boʻlmasin[1].
  • Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qoʻriqlaysan, ilm esa seni qoʻriqlaydi[1].
  • Insof – oliyjanoblik belgisidir[1].
  • Insonlarga marhamatli boʻling, qadringiz oshadi[1].
  • Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[1].
  • Ishining mazasi boʻlmagan kishining nasabi ish bermay qoʻyadi[1].
  • Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz[1].
  • Kechirish – eng yaxshi gʻalabadir[1].
  • Kimda-kim gʻarazgoʻylik jilovi bilan bir narsaga erishishga harakat qilar ekan, u shu istagiga erisholmaydi, hatto ajali ham yetmay oʻlib ketadi.
  • Kimki kerilib, oʻzidan mamnun-u magʻrur boʻlib yursa, u oʻziga nisbatan boshqalarning nafratini keltiradi[1].
  • Kimki xolis niyat bilan duo qilsa, duosi ijobatdan mahrum boʻlmaydi[1].
  • Kimning hojati tushsa, unga koʻmak berish sizga vojibdir[1].
  • Kufrga ketishning toʻrtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, oʻzaro kurash, toʻgʻridan-toʻgʻri bosh tortish, darz ketish, boʻlinish[1].
  • Kishi oʻzi bilan Alloh oʻrtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning oʻrtasidagi aloqasini yaxshilaydi[1].
  • Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari roʻzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, islomda bir yoriq paydo boʻladi. U yoriqni faqat olimning oʻrinbosarigina toʻldiradi[1].
  • Olimning ado etilishi lozim boʻlgan haqlari bor. Unga koʻp savol bermaslik, javobiga eʼtiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zoʻrlamaslik, oʻrnidan turishga qoʻymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini g‘iybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat koʻrsatish, oldida oʻtirib olmaslik, biror ehtiyoji boʻlsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir[1].
  • Oqilning tili qalbining ortida, ahmoqning qalbi esa tilining ortidadir[2].
  • Orzu – tamannoga berilmaslik eng sharafli boylikdir, orzuning oʻzi yomon bir amaldir[1].
  • Ogʻizlaringiz Qur’on yoʻlidir, uni misvok bilan tozalangiz[1].
  • Ochkoʻzlikdan hamda yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan oʻzini tutish iffat sanaladi[1].
  • Qalb koʻr boʻlganidan keyin koʻzning koʻrishligidan foyda yoʻqdir[1].
  • Qizgʻanchiqlik ojizlikning isyonidir[1].
  • Quloq solsang hikmat keladi, koʻp gapdan nadomat keladi[2].
  • Sabr ikki xil boʻladi: yomon koʻrilgan narsaga chidamoqlik va yaxshi narsani eshitishga sabr etmoqlik[1].
  • Sabr qilinglar, chunki sabr etish – iymondan. Xuddi bosh jasadda boʻlganidek, sabr ham iymonda boʻladi[1].
  • Sukut saqlang, uning eng oz foydasi – omonlikdir[1].
  • Soʻralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. Soʻralganidan soʻng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bogʻliq boʻlib qoladi[1].
  • Taqvo – Allohdan qoʻrqish, nozil qilgan Kitobiga amal qilish, ozga qanoatda boʻlish va rihlat kuniga tayyorgarlik qilishdir[2].
  • Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qoʻyib bersang, gʻajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak[2].
  • Yaxshi qarindoshlik chidamlilik bilan yuzaga keladi[1].
  • Yomon xotin misoli goʻzal kiyingan chayonning oʻzidir[1].
  • Yordamini oʻzgalardan darigʻ tutmagan inson zikri keng yoyiladi[1].
  • Oʻqishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir[1].
  • Oʻz ahlingizni qadrlang. Zero, ular uchar qanotingiz, oʻrnashgan poydevoringiz va tutar qoʻlingizdir[1].
  • Oʻzgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir[1].
  • Oʻziga do‘st topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi. Bundan ham ojizrogʻi esa oldiniga birorta do‘st topadi-yu keyinchalik uni ham yoʻqotib qoʻyadi[1].
  • Chin birodar ogʻir kuningda bilinadi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 1,55 1,56 1,57 1,58 1,59 1,60 1,61 1,62 1,63 1,64 1,65 1,66 1,67 1,68 1,69 1,70 1,71 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.