[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Xafra piramidasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xafra piramidasining yon tomondan koʻrinishi
Mamlakat: Misr
Maqomi: Maqbara Balandligi: 136 m
Eni: 215 m
Nishab burchagi: 53° 10'
Hajmi: 2211096 m³
Qurdirgan shaxs: Xafra Oʻrganish boshlangan sana: 2-mart 1818
Yutuq: Qadimgi dunyoning yetti moʻjizasi
Bugungi kunda: Sayyohlik markazi

Xafra piramidasiMisrning Giza shahrida qurilgan uch maqbaraning ikkinchisi hisoblanadi. Podsho Xafra buyrugʻi bilan qurilgan. Balandligi 136 metr. Xafra piramidasi borasida 1837-yilda Jon Perring birinchi bor toʻliq tadqiqot oʻtkazgan.

Xufuning vorisi Jedefre oʻz piramidasini Abu Roash shahrida qurdirgan (Qadimgi Misrda qadimgi va oʻrta podsholik firavnlari oʻzlari uchun dafn qilinadigan joy-maqbaralarni tirikligidayoq barpo ettirishgan. Faqatgina yangi podsholik davriga kelib vafot etgan hukmdorlar uchun maqbaralar qurilmay qoʻygan. Ular baland togʻlarga yoki gʻorlarga dafn ettirilgan). Jedefrening oʻrnini egallagan Xafre Gizaga qaytib keldi va bugungi kunda balandligi 136 metr boʻlgan piramidani qurdirdi. Bu Xufu piramidasidan biroz kichikroq edi. Lekin biroz balandroq joyda qurilgani uchun yonidagi Xufu va Menkaura piramidalaridan balandroq koʻrinadi. Firavn Xafra sogʻligʻidan xavotirlanib piramidaning ikkita variantini tayyorlashni buyurgan. Agar hukmdor toʻsatdan vafot etadigan boʻlsa, uning tobuti uchun nisbatan kichikroq maqbaraga qoʻyilishi kerak edi. Biroq bunga hojat qolmagach piramida belgilangan oʻlchamlarga muvofiq qurildi. Balandligi 136 metr, eni 215 metrni tashkil qiladi. Yuqorisida kichikroq chuqurchaga oʻxshagan kvadrat bilan shakl berilgan. Yuqoridagi sahnning kattaligi 10 qirollik tirsagiga teng keladi. Aynan shuning uchun ham Xeops piramidasidan farqli oʻlaroq Xafra piramidasining yuqorisiga chiqib bemalol tomosha qilish mumkin. Piramida oʻtmishda ochilgan va boyliklari talon-toroj qilingan. Oʻn toʻqqizinchi sulola humdori Ramses II buyrugʻi bilan Geliopoldagi maʼbadni qurish uchun bir nechta toshlar olib ketiladi. Arab tarixchisi Ibn Abd al-Salom piramida milodiy 1372-yilda ochilganini yozib qoldirgan. Dafn xonasi devorida arabcha graffiti bor. Ushbu graffit aynan shu davrga tegishli boʻlishi ham mumkin. Qolgan qarama-qarshi toshlar qachon olib tashlanganligi maʼlum emas;

Oʻrganilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1646-yilda Oksford universitetining astronomiya professori Jon Grivz oʻzining „Piramidaografiya“ asarida piramidaning toshlari Xufu piramidasiniki singari katta boʻlmasa-da, lekin faqat janub tomonidan tashqari boshqa hamma yuzasi silliq edi. Piramida birinchi marta Jovanni Belzoni tomonidan 1818-yil 2 martda shimol tomondan asl kirish joyi topilganida oʻrganilgan. Belzoni dafn qilingan toshtobutni topishga urindi, faqat ochiq sarkofag va uning poldagi singan qopqogʻidan boʻlak hech nima yoʻq-maqbara boʻsh edi. Xafra piramidasi Xufunikidan boshqacha koʻrinishga ega edi, chunki uning tashqi korpusi boshqacha boʻlgan. Chexiya misrshunoslik institutining sobiq direktori Miroslav Verner oʻzining kitobida Xufu piramidasining korpusi ohaktoshdan yasalgan boʻlsa, Xafra piramidasining pastki qavatlaridagi korpus qizil granitdan, yuqori qismi esa ohaktoshdan qilingan deb maʼlumot beradi. „Piramidalar: Misrning mashhur yodgorliklarining arxeologiyasi va tarixi, yangi va yangilangan nashri“ (AUC Press, 2021). Ushbu qizil granit korpusining katta qismi hozir mavjud emas. Xafra piramidasidan tashqarida u yerda yana bir piramida joylashgan. Ichkaridagi piramida arxitekturasi Xufunikiga qaraganda soddaroq. Uning ikkita kirish eshigi bor, ikkalasi ham shimol tomonda, biri piramida poydevoridan 12 metr balandlikda, ikkinchisi esa yer sathida joylashgan. Ikkala kirish joyi dafn xonasiga olib boradigan oʻtish yoʻlakchalariga olib boradi. Bu kamerada qizil granitdan yaalgan sarkofag mavjud boplib, uning ichi boʻsh va hech nima saqlanmagan. Ular antik davrda oʻgʻirlangan boʻlishi mumkin. Vodiydagi ibodatxonasida taxtda oʻtirgan Xafraning bir oz kattaroq haykali bor, deb yozadi UCLAdagi Misrologiya boʻyicha doktorlik nomzodi Jeffri Nyuman Misrdagi Amerika tadqiqot markazi veb-saytida chop etilgan maqolasida. Bu haykal „qadimgi Misrdan saqlanib qolgan eng muhim va ramziy haykallardan biridir“, deb yozadi Nyuman va taxtning yon tomonlarida „firavnning tom maʼnoda“ burchini ifodalovchi ierogliflar borligini taʼkidladi. Ushbu haykal hozir Buyuk Misr muzeyida eksponat sifatida saqlanadi[1][2].

  1. Jarus, Owen „Pyramids of Giza and the Sphinx: Facts about the ancient Egyptian monuments“ (inglizcha). livescience. Future US Inc (2022-yil 6-may). Qaraldi: 21-may 2022-yil.
  2. Lacovara, Peter. The Pyramids, The Sphinx: Tombs and Temples of Giza. Bunker Hill Publishing, 2004.