[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ross dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Antarktida dengizlari, pastki chapda Ross dengizi
Antarktida dengizlari, pastki chapda Ross dengizi
Joylashuvi Antarktika
Okean tipi dengiz
Asosiy oqimlari Janubiy okean
Yuzasi 4,400,000 square kilometre (1,700,000 kv mi)


Ross dengiziTinch okeanning chekka dengizi, Antarktidaning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida. Maydoni 4,400,000 square kilometre (1,700,000 kv mi) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 2972 m ga teng. Dengizning janubiy qismi Ross shelf muzligi bilan qoplangan, shimolida yil davomida muzlar suzib yuradi, aysberg (muz togʻ)lari juda koʻp. Suvining oʻrtacha yillik temperaturasi — 6° C dan past, yozda baʼzan 2° C gacha koʻtariladi. Shoʻrligi 33,7—34,4 promilliga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 1 m gacha). Dengizda tyulen va kitlar yashaydi. Dengizni James Clark Ross kashf qilgan[1].

  1. „Ross dengizi“ OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil