[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Janubiy okean

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy okean

Janubiy okean — Dunyo okeani (Atlantika, Hind, Tinch okeanlari)ning Antarktidani oʻrab turgan qismining shartli nomi. Dastlab golland geografi B. Varenius 1650-yilda mustaqil okean sifatida ajratgan. Okeanning chegarasi Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya materiklarining va Tasmaniya hamda Yangi Zelandiya o.larining jan. chekkalari orqali oʻtkazilgan shartli chiziq va jan. qutbiy doyra, 35—60° j. k.lar orqali oʻtkazilgan. Antarktika atlasida Janubiy okeanning shartli chegarasi qilib Antarktika konvergensiya zonasi (55° j. k. yaqinida) hisoblanadi. Janubiy okeanni alohida okean qilib ajratishda iqlimning sovuqligi, gidrologik sharoitlar asos qilib olingan. Ammo keyingi tadqiqotlar natijasida Janubiy okeanning Atlantika, Tinch va Hind okeanlarga yondosh sektorlarida uning iqlimiy va gidrologik sharoitlari oʻsha okeanlarnikiga oʻxshashligi maʼlum boʻldi. Dengizchilik amaliyotida Janubiy okean termini qoʻllanilmaydi, chunki dengizchilikka oid oʻquv qoʻllanmalarida bu tushuncha uchramaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Okeanlar (Ularning barchasi dunyo okeanining bir qismidir)
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani