[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Konsentratsion lager

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsentratsion lager, konslager – davlat, siyosiy rejim va boshqalarning haqiqiy yoki gumon qilingan dushmanlarini majburiy ajratib qoʻyish uchun moʻljallangan lager. Konsentratsion lager oddiy qamoqxonalar, harbiy asirlar uchun va qochoqlar lagerlaridan farqli ravishda, urush, keskinlashgan siyosiy kurash davrida maxsus dekret asosida tuzilgan. Dastlabki Konsentratsion lagerlar Kubadagi ozodlik qoʻzgʻolonlari boshlarida (1895) ispanlar tomonidan; ingliz—burlar urushi (1899—1902) vaqtida inglizlar tomonidan, Rossiyada XKSning „Qizil terror haqida“ qarori (1918-yil sentabr) asosida tashqil qilingan. Totalitar rejim sharoitida maxsus maqsad va ommaviy qatagʻon vaqtida lagerlarning nomi oʻzgartirilgan (qarang GULAG). Fa-shistlar Germaniyasida Konsentratsion lager – ommaviy davlat terrori va genotsid quroli boʻlib, u bosib olgan mamlakatlarda tarqalgan. Gitlerchi fashistlar shu mamlakatlarning millionlab tinch aholisini, harbiy asirlarni, nemis vatanparvarlarini Konsentratsion lagerda qiynab oʻldirishgan. Buxenvald, Zaksenxaoʻzen,Osvensim, Maydanek, Treblinka va boshqa Konsentratsion lagerlarda I mln.dan ortiq sobiq SSSR, Polsha, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Ruminiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning aholisi yoʻq qilingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil