[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gulxayri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulxayri (Althaea) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida 12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda gulningning bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. Gulhayridoshlar toʻqaylarda, sugʻoriladigan maydonlarda va boshqa yerlarda uchraydi. Gullari toʻgʻri, 5 boʻlaqli, ikki jinsli. Gulhayri guli dorivor, manzarali oʻsimlik, undan boʻyoq olinadi. Oʻzbekistonda G.ning A. rosea turi manzarali va dorivor oʻsimlik sifatida koʻp eqiladi. Poyasi 1,5—2 m, yoʻgʻon, tuklar bilan qoplangan. Barglari 3—7 boʻlaqli, uzun bandli. Gullari yakka-yakka yoki 2—3 tadan barg qoʻltigʻida va poya ichida oʻrnashgan. Tojbarglari qat-qat joylashgan.

Iyun—avg.da gullab, iyul—sent.da urugʻlaydi. Tojbarglaridan vino, sirka va b.ga rang berishda hamda teri, shoyi va jun kabilarni boʻyashda foydalaniladi. G.ning A. offi cinalis turi dorivor oʻsimlik sifatida tibbiyotda foydalaniladi. Uning ildizidan tayyorlangan suyuq ekstrakt nafas yoʻllari kasalliklarida (ayniqsa bolalarda) balgʻam koʻchirish, koʻkrakni yumshatish uchun va yalligʻlanishga qarshi, meʼda-ichak kasalliklarida esa oʻrab oluvchi dori sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil