[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Georg Cantor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georg Kantor (1845.3.3, Peterburg — 1918.6.1, Galle) — nemis matematigi. Berlin universitetini tugatgan (1867). Galle universiteti professor (1872 — 1913). Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini (qarang Toʻplamlar nazariyasi) yaratgan. Haqiqiy sonlar toʻplamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), toʻplamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy toʻplamlar nazariyasini kiritgan, irratsional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalar nazariyasida K. nomi bilan boglik muhim tushunchalar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil