[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Akulalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akulalar (Selachomorpha) — togʻayli baliqlar sinfi plastinka jabralilar kenja sinfining katta turkumi. Tanasi suyri shaklda, suv tubida yashovchi akulalar yassi, uzunligi 15-40 sm dan (tikanli qora akulalar) 15-20 m gacha (gigant akulalar), ogʻirligi 14 t gacha (gigant va kit akulalar). Tanasi plakoid tangachalar bilan qoplangan. Jabra yoriqlari 5 (baʼzi turlarida 6-7) tadan boʻlib, boshining ikki yonida, ogʻzi boshining ostida tanasiga koʻndalang joylashgan. Dum suzgichi kuchli rivojlangan, har xil kattalikdagi (sterotserkal) ikkita boʻlakdan iborat. Tishlari koʻp, uchi oʻtkir. Yirtqich akulalarning tishlari juda yirik. Koʻpchilik akulalar baliqlar, mollyuskalar va boshqa hayvonlar bilan, kit va gigant akulalar esa plankton bilan oziqlanadi. Akulalar tuxumdan tirik tugʻadi yoki tuxum qoʻyib koʻpayadi. Akulalar 6 turkumni (har xil tishlilar, koʻp jabralilar, lamnosimonlar, katransimonlar, arraburunsimonlar, skvatinsimonlar), 20 oilani oʻz ichiga oladi. Akulalar Orol va Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suv havzalari (Gang va Amazonka daryolari, Nikaragua koʻli)da yashaydi. Qora va Uzoq Sharq dengizlarida tikanli qora akulalar, yaʼni katran, Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida seld akulalar, Shimoliy dengizlarda qutb akulalar tarkalgan. Akulalar ayniqsa tropik dengizlarda xilma-xil boʻladi. Koʻpchilik akulalar ovlanadi, jigaridan baliq yogʻi olinadi, goʻshti ovqat uchun ishlatiladi. skeletidan baliq yelimi tayyorlanadi. Koʻpchiligi yirtqich akulalar (yoʻlbars akulalar, karharodon, bolgʻabosh akulalar, makoakulalar va boshqalar), asosan baliqlar va suvdagi umurtqasizlar bilan oziqlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil