[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

tadbirkor

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tad-bir-kor

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TADBIRKOR Bu sifat 'biror ishni roʻyobga chiqarish uchun amalga oshiriladigan xatti-harakatlar' maʼnosini anglatadigan arabcha tadbir otiga (АРС, 245) tojikcha -kor koʻshimchasini (ТжРС, 542) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'oʻylab, reja bilan faoliyat olib boruvchi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 106).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

a. + f. - tadbir qiluvchi, tadbir izlovchi

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. ayn. tadbirli. ◆ Omon mustaqil fikrli, choʻrtkesar, uzoqni koʻra oladigan, tadbirkor, yaxshi doʻst edi. S. Karomatov, „Oltin kum“ . ◆ Tadbirkor Xalil akaning qarshisida Ahmad bir lahza oʻzini juda lapashang his etdi. F. Musajonov, „Himmat“ .
  2. Ishlab chiqarishni yoki boshqa faoliyatni tashkil etuvchi, moliyalashtiruvchi, tijorat yoki sanoat korxonasini foyda olish maqsadida boshqaruvchi shaxs, mulkdor.

Sinonimlari

[tahrirlash]
  1. tadbirli
  2. biznesmen, bizneschi, ishbilarmon, korchalon, kommersant.

Antonimlari

[tahrirlash]
  1. tadbirsiz

ТАДБИРКОР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tadbirkor
= tadbirli.