tadbirkor
Qiyofa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tad-bir-kor
Etimologiyasi
[tahrirlash]TADBIRKOR Bu sifat 'biror ishni roʻyobga chiqarish uchun amalga oshiriladigan xatti-harakatlar' maʼnosini anglatadigan arabcha tadbir otiga (АРС, 245) tojikcha -kor koʻshimchasini (ТжРС, 542) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'oʻylab, reja bilan faoliyat olib boruvchi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 106).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
a. + f. - tadbir qiluvchi, tadbir izlovchi
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- ayn. tadbirli. ◆ Omon mustaqil fikrli, choʻrtkesar, uzoqni koʻra oladigan, tadbirkor, yaxshi doʻst edi. S. Karomatov, „Oltin kum“ . ◆ Tadbirkor Xalil akaning qarshisida Ahmad bir lahza oʻzini juda lapashang his etdi. F. Musajonov, „Himmat“ .
- Ishlab chiqarishni yoki boshqa faoliyatni tashkil etuvchi, moliyalashtiruvchi, tijorat yoki sanoat korxonasini foyda olish maqsadida boshqaruvchi shaxs, mulkdor.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТАДБИРКОР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]- Inglizcha en : businessman