[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

chim

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

chim

Aytilishi

Etimologiyasi

CHIM 'ildizidan tarmoqlanib yer bagʻirlab oʻsadigan yovvoyi oʻt', shunday oʻtning yer bilan kesib

olingan parchasi'. Biror yerni suv urib ketsa, ketmon bilan oʻsha yerga ch i m bosadi (Jumaniyoz Sharipov). Eski oʻzbek tilida shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli chïm tarzida talaffuz qilingan (КРС, 886); keyinchalik ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: chïm > chim.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 ayn. ajriq. ◆ Biz uchun koʻkarar doʻngliklarda chim, Biz uchun yashaydi koʻkda yulduzlar. "Yoshlik" .

2 Ajriqning ildizlari, poyalari bilan birga palaxsa-palaxsa kilib koʻchirilgan tuprok qatlami. ◆ Suvni chim toʻxtatar, soʻzni — chin. Maqol . ■■ ◆ Yer ni haydashda va mol boqilganda chim buzilsa, tuproq eroziyasi roʻy beradi. "OʻzME" . ◆ Yana besh chaqirimcha yurilgach, uchtacha oʻtov va chimdan yasalgan qoʻton chiqdi. N. Aminov, „Qahqaha“ .

Chim bosmoq 1) suv yoʻlini toʻsish yoki chimzor qilish uchun koʻchirib kelingan chim-ni maʼlum tartibda yerga yotqizmoq. ◆ Egatlar-ga chim bosmoq. Futbol maydoniga chim bos-moq. yash Biror joyni suv urib ketsa, ket-mon bilan oʻsha joyga chim bosadi, bebosh suvni yana yoʻlga solib yuboradi. J. Sharipov, Saodat; 2) koʻchma fob solmok, yoʻlni toʻsib qoʻymoq, bekitmok◆ Poshshaxon tushmagur, sek-retarlikka saylandi-yu, barchasining yoʻliga chimbosdi.A. Muqimov, „Qipchokseniki“ . Chim-day chiqmoq Yoppasiga, gilamday boʻlib chiq-moq (oʻsimliklar haqida). ◆ Ukrop chimday chi-qibdi.


Sinonimlari

Antonimlari

ЧИМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

chim
дёрн; ◆ ~ bosmoq 1) обкладывать дёрном; сооружать запруду из дёрна; 2) перен. ставить препоны, преграды; ◆ ~ bosgan yer дернистая земля; земля, покрытая дёрном; ◆ ~ qirqar с.-х. предплужник, дернорез; ◆ ~day 1) как дёрн; 2) перен. сплошь, дружно; ◆ ukrop ~day chiqibdi укроп дружно взошёл.

Vyetnamcha (vi)

Aytilishi

  • (Hà Nội) IPA: [t͡ɕim˧˧]
  • (Huế) IPA: [t͡ɕim˧˧]
  • (Hồ Chí Minh City) IPA: [cim˧˧]

Etimologiyasi

...

Ot

chim

  1. qush