[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

NevadaAQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 286,3 ming km². Aholisi-2,2 mln. kishi (2002), shuning 88% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Karsonsiti shahri Yirik shaharlari: Las-Vegas va Rino. Shtat xududining aksari qismi Katta havzada. Gʻarbida Syerra-Nevada tizmasining tarmoqlari joylashgan. Iklimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 150–250 mm. Daryolari kamsuv. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Nevadada axrli siyrak. Iqtisodiy jihatdan ham nisbatan kam taraqqiy etgan shtat. Kon sanoati rivojlangan. Nevadada oltin, ku-mush, volfram, temir, marganets, polimetall rudalari qazib olinadi. Rangli metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kolorado daryosiga katta GES qurilgan. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi yetakchi oʻrin-da. Koramol, qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, sab-zavot, beda va boshqa ekinlar ekiladi. Nevada hududining bir qismi harbiy poligon. Rino shahrida Nevada universiteti bor. Turi-stlar koʻp keladi.[1]

Nevada
Nevada
Shtat
Nevada bayrogʻi Nevada tamgʻasi
Nevada bayrogʻi Nevada tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Silver State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Carson City
Eng yirik shaharlar Las Vegas
Henderson
Reno
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 7-oʻrinda

286,351 km²
0.66 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 35-oʻrinda

2,414,807
7.03 kishi/km²
3
5

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 31-oʻrinda

$100,317 million
$43,001

Ittifoqqa kirish

   • Sana

36-boʻlib

31-oktyabr 1864

Vaqt UTC-8 (PST) / -7 (MST)
Qisqartma ND [38]
Shtat guli Sagebrush

(Artemisia tridentata)

Shtat daraxti Single-leaf Pinyon

(Pinus monophylla)

Nevada - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Carson City shahri. AQSh ittifog`iga 31-oktyabr 1864-yilda kirgan, undan oldin - Nevada Territory.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil