[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Zanglamas poʻlat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zanglamas poʻlat — atmosfera sharoitida va baʼzi zararli muxitlarda zanglashga (korroziyaga) qarshi turgʻun poʻlat; legirlangan poʻlat turi. Poʻlatning zanglashga qarshilik xossasini yaxshilovchi asosiy legirlovchi element xrom (12—20%) hisoblanadi (qarang Metallar korroziyasi). Poʻlat sirtida himoya pardasi hosil qiladigan elementlar — alyuminiy, kremniy, nikel va boshqaning ham boʻlishi poʻlatning zanglashga turgʻunligini oshiradi. Bulardan tashqari, yuzaning holatiga moye keluvchi metallning bir jinsliligi, kristallitlararo korroziya, oʻta yuqori (metall va payvand birikmalarda darzlar hosil qiluvchi) kuchlanishlar taʼsirida yemirilishga moyil boʻlmaslik xossalari muhim ahamiyatga ega. Xromli, xromnikelli va xromnikelmarganetsli xillari bor. Xromli 3. poʻlatdan pech jihozlari, qizdirish pechlarining elementlari tayyorlanadi. Xromnikelli va xromnikelmarganetsli 3. poʻlatdan yuqori tralarda bosim ostida ishlaydigan apparat va buyumlarning detallari tayyorlanadi[1]. Zanglamaydigan po‘latning korroziyaga chidamliligi 10,5% yoki undan ortiq xromning mavjudligi natijasida hosil bo‘ladi, bu materialni himoya qilishi va kislorod ishtirokida o‘zini o‘zi tiklashi mumkin bo‘lgan passiv plenkani hosil qiladi[2]:3.

Qotishmaning yaltiroqligi va korroziyaga chidamliligi kabi xususiyatlari ko‘plab sohalarda foydali qo‘llanilishga ega. Zanglamaydigan po‘latni varaqlar, plastinalar, sterjenlar, simlar va quvurlarga aylantirib tayyorlash mumkin.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Stainless Steels, ASM Specialty Handbook. Materials Park, OH: ASM International, 1994. ISBN 978-0871705037. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.