[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi
Rejissyor(lar) Iskander Agzamov
Ssenariynavis(lar) Dadash Kurtmiya
Rollarda Iskander Agzamov
Rashid Shadat
Said Muxtorov
Shuhrat Nuraliyev
Iroda Nosirova
Sogdiana
Baxtiyor Zokirov
Murod Rajabov
Sayfiddin Meliyev
Melis Abzalov
Hojiakbar Nurmatov
*Shahnoza Sirojiddinova
Javohir Zokirov
Valijon Shamshiyev
Dilshodbek Kattabekov
Sanjar Shodiyev
Muhammadiso Abdulxairov
Furqat Fayziyev
Saydullo Moldaxanov
Bastakor(lar) Sultonali Rahmatov
Kinematografiya Panterra Cinema
Chiqarilgan sanasi 2006-yil
Davomiyligi 108 daqiqa
Mamlakatlar Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Til Oʻzbekcha

Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi (ruscha: "Ходжа Насреддин: Игра начинается") — 2006-yilda Dadash Kurtmiya ssenariysi asosida, rejissyor Iskander Agzamov tomonidan suratga olingan komediya va fentezi janridagi oʻzbek filmi[1].

Filmda bosh rollarni Iskander Agzamov, Rashid Shadat, Said Muxtorov, Shuhrat Nuraliyev, Iroda Nosirova, Sogdiana, Baxtiyor Zokirov, Murod Rajabov, Sayfiddin Meliyev, Melis Abzalov, Hojiakbar Nurmatov, Javohir Zokirov, Muhammadiso Abdulxairov va Saydullo Moldaxanov kabi aktyorlar ijro etishgan[2].

Xoʻja Nasriddin Makkadan qishloqdagi uyiga qaytib keladi, biroq uning sevgilisi Jasminni podshoh oldidagi qarzlari uchun Buxoroga olib ketishgan boʻladi. Xoʻja Nasriddin sevgilisini qutqarish uchun Buxoroga otlanadi. U Buxoroga ketayotib yoʻlda Kunkanitara sayyorasi olimi o‘zga sayyoralik Zuviraksni uchratib qoladi. Zuviraks bir necha bor laboratoriyalarning vayron bo‘lishiga olib kelgan muvaffaqiyatsiz tajribalari tufayli eshak shaklida Yer sayyorasiga surgun qilingan boʻladi. Ammo Zuviraks o‘z ixtirosi “Yetti rang” qurilmasini ishga tushira olishiga ishonadi va uning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘z sayyorasiga qaytishi mumkin. Buning uchun unga faqat qora olmos kerak boʻladi, biroq uni podshohning xazinasidan olish mumkin. Xo‘ja Nasriddin va Zuviraks Buxoroga yetib borgach, o‘z muammolarini hal qilish yo‘lini topishadi. Ular malika Budurning shahzodasi boʻlish uchun o‘tkaziladigan musovabada qatnashib, g‘olib boʻlishadi. Bu vaqtda vazir Ja’far hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun to‘ntarish uyushtiradi, lekin uning rejasi amalga oshmaydi. Filmning soʻngi Xoʻja Nasriddin sevgilisini qutqaradi, Zuviraks esa qurilmasini tuzatadi va ular oʻz maqsadlariga yetishishadi.

Bosh rollarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]