[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Vratislav Gresko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vratislav Greshko (slovak. Vratislav Gresko) — slovakiyalik futbolchi, chap qanot himoyachisi. Yevropa futbolida kross ustasi sifatida tanilgan oʻyinchi.

Vratislav Greshko Futbol
Greshko v sostave „Bayer 04“

Greshko „Bayer 04“ tarkibida
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

24-iyul 1977-yil(1977-07-24)

(45 yosh)
Chexoslovakiya

Fuqaroligi

Slovakiya

Boʻyi

183 sm

Pozitsiya

chap qanot himoyachisi

Yoshlik klubi
Flag Chexoslovakii Dukla (Banska-Bistritsa)
Klublardagi faoliyati
1995—1997 Flag Slovakii Dukla (Banska-Bistritsa) 8 (0)
1997—1999 Flag Slovakii Inter (Bratislava) 51 (5)
1999—2000 Flag Germanii Bayer 04 15 (0)
2000—2002 Flag Italii Internatsionale 41 (0)
2002—2003 Flag Italii Parma 5 (0)
2003—2006 Flag Anglii Blekbern Rovers 40 (2)
2006—2007 Flag Germanii Nyurnberg 15 (1)
2007—2009 Flag Germanii Bayer 04 21 (0)
2011—2015 Flag Slovakii Podbrezova 118 (7)
Terma jamoa safida
2000—2007 Slovakiya Slovakiya 34 (2)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karerasining boshlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Greshko Leverkuzen oʻz futbol faoliyatini 1995-yilda boshlagan va Banski Bistritsaning „Dukla“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.1997-1999-yillarda Bratislavaning „Inter“ klubida oʻz faoliyatini olib borgan.1999-yilda esa Leverkuzen „Bayer“ jamoasini (0:4) hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Blekbern Rovers

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil oktyabr oyida Greshkoni „International“ klubini 9,5 million nemis markasiga (4,857 million yevroga ekvivalent) sotib oldi, ammo matbuotda transfer summasi — 9 dan 14 milliard liragacha (taxminan 4,65) boʻlganligi haqida qarama-qarshi maʼlumotlar paydo boʻldi[1]. Vratislav Greshko shu tariqa „Inter“ jamoasi tarixidagi birinchi slovakiyalik futbolchiga aylandi. Greshkoning debyuti 2000 -yilning 1-noyabr oyida „Roma“ jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (2:0) hisobida galaba qozondi. 2002-yil 5-may oyida A Seriyaning 2001-2002-yilgi mavsumining soʻnggi turida „Latsio“ jamoasiga qarshi oʻyinda Greshko baxtsiz xatoga yoʻl qoʻyib toʻpni hujumkor raqibga boshi bilan oshirib yubordi va Greshko qilgan xatosi uchun raqib darvozaga gol kiritdi va „Latsio“ jamoasining navbatdagi (4:2) hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[2]. Soʻngra „Inter“ jamoasining mag‘lubiyati unga Italiya chempioni unvonidan mahrum boʻlishiga sabab boʻldi, garchi Greshko bunga to‘sqinlik qilgan boʻlsa ham[3].

Greshkoning „Nerazzurri“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan oʻyinlari tartibsiz kechdi va 2000-yilning noyabr oyidan 2002-yilning iyun oyigacha Greshko bor-yoʻgʻi 41 ta oʻyin oʻtkazdi. 2002-yilning iyun oyida 16 million yevro miqdorda baholangan „Parma“ jamoasining Matias Almeyda futbolchisiga almashtirildi. Shartnoma sport amaldorlari tomonidan tanqid qilindi va uni oʻyindan emas, balki faqat moliyaviy nuqtai nazardan foydali deb atadi[4]. Parmada Greshko ham 2002-2003-yilgi mavsumda bor-yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tusha olmadi[5][6][7].

Blackburn Rovers

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik esa „Blackburn Rovers“ jamoasining bosh murabbiyi Grem Souness Greshkoni chap qanot himoyachisi sifatida sotib olishga qaror qildi[8]. Dastlab, Greshko 2003-yilning yanvari oyidan may oyigacha „sotsimonlar“ safida toʻrt oy ijara asosida oʻyin olib bordi va avgust oyida toʻliq shartnoma imzolandi.  Greshko oʻzining debyut mavsumida „Tottenham“ va „Bolton Wanderers“ jamoasiga qarshi ikkita golni amalga oshirdi va 2004-yilning dekabr oyida Greshko ogʻir jarohat oldi — xoch bogʻlami yorilib, mavsumning qolgan qismini bemorlikda oʻtkazib yubordi[9][10]. Jarohati tufayli u tarkibga qoʻshila olmadi va 2005-2006-yilgi Premer-liga oʻyinlarida bir marta ham maydonga tushmadi, keyinchalik 2006-yilning iyul oyida klubni tark etdi.Soʻngra uning sogʻligi bilan bogʻliq muammolari tobora yomonlasha boshladi[11].

Germaniyadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Greshko vatandoshlari Robert Vittek va Marek Mintal bilan birga Nyurnberg shahriga koʻchib oʻtdi. Sentyabr oyida u atigi bir yillik shartnoma imzoladi va oktyabr oyida oʻzining navbatdagi debyutini uyushtirdi va Bundesliga oʻyinlaridan birida zaxiradan maydonga tushdi. 2006-2007-yilgi mavsumda Greshko 15 ta oʻyin oʻtkazib bitta golni amalga oshirdi. 2007-yilning iyul oyida u ikki yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida „Bayer“ jamoasiga qaytdi va 2009-yilning iyun oyida jamoani tark etdi[12][13].

Karyerasining tugashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning mart oyida ikki yillik tanaffusdan soʻng, Greshko Slovakiyaning Ikkinchi ligasiga kirgan Podbrezov shahridan Slovakiyaning „Sport“ klubi tarkibida mashgʻulotlarni boshladi.Greshko 2011-yilning iyul oyida bir yilga shartnoma imzoladi. 2015 -yil 14-iyun kuni Vratislav futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[14].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vratislav Greshko Slovakiya terma jamoasi safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 2 marta golni raqib darvozasiga kiritgan va O‘zbekiston terma jamoasi safidagi ilk golini 2002-yil 14-mayda kiritgan[15]. Yoshlar jamoasi tarkibida u 2000-yilda yevropa chempionatida oʻynadi va 4-oʻrinni egalladi. Bu jamoaga 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari tomon borishga imkon berdi, ammo Olimpiada uchun arizaga kiritilmadi[16].

Jamoadagi maqsadlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Slovakiya terma jamoasidagi gollari:
# Sana Stadion Raqib Hissasi Natija Musobaqa
1. 2002-yil 14-may „Presov“, Slovakiya  Oʻzbekiston
1-0
4-1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2004-yil 18-avgust „Tegelne maydoni“, Bratislava, Slovakiya Lyuksemburg
2-1
3-1
Jahon chempionati (saralash)
  1. Fabio, Monti. „L' Inter ai ripari: preso Gresko“ (it). Corriere della Sera (2000-yil 28-noyabr). 2010-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-fevral.
  2. „Almeyda joins transfer merry-go-round“. Sports Illustrated (2002-yil 4-iyul). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-fevral.
  3. FC Internazionale Milano SpA Report and Accounts on 30 June 2002 (it).
  4. „Un tempo il "calciomercato" era un rito e un’arena“ (it). cinquantamila.it (2012-yil 8-iyul). 2017-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-avgust.
  5. Parma AC SpA Report and Accounts on 30 June 2002 (it).
  6. FC Internazionale Milano SpA Report and Accounts on 30 June 2002 (it).
  7. „La triste storia dello sciagurato Gresko“ (it). Gazetta dello Sport (2008-yil 14-mart). 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-fevral.
  8. „Gresko will seek specialist help“. BBC Sport (2004-yil 16-dekabr). 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-mart.
  9. „Blackburn 3–4 Bolton“. BBC Sport (2004-yil 10-yanvar). 2004-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-noyabr.
  10. „Gresko sinks Spurs“. BBC Sport (2003-yil 29-noyabr). 2004-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-noyabr.
  11. „Vratislav Gresko“. ESPNsoccernet. 2007-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-mart.
  12. „Greško Goes Back to Leverkusen“. UEFA.com (2007-yil 27-iyun). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-fevral.
  13. „Greško už aj zmluvne na dva roky v Leverkusene“ (sk). profutbal.sk (2007-yil 4-iyul). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-mart.
  14. „Greško bude hrať v Podbrezovaj, opäť našiel motiváciu“ (sk). sportky.topky.sk (2011-yil 18-mart). 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyun.
  15. „Slovensko – Uzbekistan 4:1 v medzištátnom zápase“ (sk). presov.mesto.sk (2002-yil 14-may). 2012-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-mart.
  16. „Slovakia – Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2008-yil 6-mart). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-mart.