[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Theodore Dwight

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Theodore Dwight
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-dekabr 1764-yil
Northampton, Province of Massachusetts Bay
Vafoti 12-iyun 1846-yil(1846-06-12)
(81 yoshda)
New York City, New York, U. S.
Siyosiy partiyasi Federalist Party
Turmush oʻrtogʻi
Abigail Alsop (turm. 1792)
Qarindoshlari Timothy Dwight (akasi)
Aaron Burr (amakisi)
|Jonathan Edwards (bobosi)
Kasbi Andoza:Huquqshunos

Theodore Dwight (1764-yil 15-dekabr – 1846-yil 12-iyun) - amerikalik huquqshunos, jurnalist, taniqli advokat, Federalistlar partiyasi rahbari. Dwight 1806 – 1807-yillarda Kongress aʼzosi, 1814 va 1815 yillarda esa Hartford Konvensiyasining kotibi boʻlgan.Theodorening yozuvchilik isteʼdodi 1817-yilda oʻzi asos solgan Hartford Mirror, Albany Daily Advertiser, New York City va Daily Advertiser gazetalarida kuchli muharrir boʻlishiga sababchi boʻldi. Uning nashrlari orasida Thomas Jeffersonning hayoti va xarakteri (1839) va Hartford konventsiyasi tarixi (1833) ham bor.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Theodore Dwight 1764-yil 15-dekabr Massachusetts shtatining Northampton shahrida Timothy Dwight (1726–1777) va Mary (Edwards) Dwight oilasida dunyoga kelgan.

Dwight uyda birinchi onasidan taʼlim olgan va keyin Northampton tumani maktabida oʻqigan. U amakisi Pierpont Edwardsdan huquqni oʻrgangan, 1787-yilda advokatlikka qabul qilingan va Connecticutshtatining Haddam shahrida ish boshlagan. Theodore 1791-yilda Hartfordga koʻchib oʻtadi va u yerda ham advokatlik faoliyatini davom ettiradi[1].

1809-yilda davlat kengashi aʼzosi John Cotton Smithning isteʼfosi tufayli boʻsh oʻrin paydo boʻladi va Dwight uning oʻrnida 1809 – 1815 yillarda IX Kongressga federalist sifatida faoliyat yuritadi. U 1816-yilda qayta nomzod boʻlishdan bosh tortadi. Theodore 1814–1815-yillarda Hartford konvensiyasining kotibi boʻlgan, 1815-yilda New Yorkning Albany shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda 1815 – 1816-yillar oraligʻida "Daily Advertiser" jurnalini nashr etgan[2].

Theodore 1817-yilda esa New York shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda New York Daily Advertiserni(reklama beruvchi agentlik) yaratdi va bu sohada 1835-yilgi New Yorkdagi katta yongʻingacha faoliyat yuritadi. 1839-yilda Dwight "The Character of Thomas Jefferson as Exhibited in His Own Writings"ni nashr etdi, unda Jeffersonning feʼl-atvori ikki tomonlama ekanligi va uning qul Sally Hemings bilan boʻlgan munosabatiga ishora qilgan[3].

Dwight Hartfordga qaytib keldi va oʻlimidan taxminan uch yil oldin, New York shahriga qaytgunga qadar shu yerda yashadi. Theodore 1846-yil 12-iyunda 81 yoshida New York shahrida vafot etdi. U Brooklyndagi Green-Wood qabristoniga dafn qilingan[4].

Dwight 1792-yilda Abigail Alsop bilan oila quradi[5].

  1. The Twentieth Century Biographical Dictionary of Notable Americans Johnson: . Boston: American Biographical Society, 1906. Qaraldi: 2022-yil 15-mart. 
  2. The Twentieth Century Biographical Dictionary of Notable Americans Johnson: . Boston: American Biographical Society, 1906. Qaraldi: 2022-yil 15-mart. 
  3. Dwight, Theodore. The Character of Thomas Jefferson, as Exhibited in His Own Writings. Boston, MA: Weeks, Jordan & Company, 1839 — 1-bet. 
  4. „Died“. New-York Tribune (1846-yil 13-iyun), s. 3. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  5. The Twentieth Century Biographical Dictionary of Notable Americans Johnson: . Boston: American Biographical Society, 1906. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.