[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Tabiat yodgorliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiat yodgorliklari - jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obʼyektlar: gʻorlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloqlar, ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar. Tabiat yodgorliklaridan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. O'zbekistonda bunday Tabiat yodgorliklaridan juda koʻp: qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh gʻori, Sayrob, Boysun, Xoʻjakentdagi qadimgi chinorlar, Qoʻytosh, Qirqqiz, Odamtosh, Xoʻjakentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir. Mamlakatda 400 dan ziyod Tabiat yodgorliklari roʻyxatga olingan. Tabiat yodgorliklari davlat tomonidan qoʻriqlanadi.