[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Rajiv Gandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gandi Rajiv (1944.20.8, Bombay - 1991.21.5, Shri-Perumpudur) — Hindistonning davlat va siyosat arbobi. Indira Gandining oʻgʻli, Hindiston va Angliya universitetlarida oliy maʼlumot olgan. 1980 yildan Hindiston siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlagan va Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasining yoshlar tashkiloti ga rahbarlik qilgan. 1981 yil iyunida Hindiston parlamentining xalq (quyi) palatasiga saylangan, 1983 yilining fevral oyida HMK (I) Umumhindiston qoʻmitasining bosh kotibi. 1984 yil 31 oktabrda Indira Gandining oʻlimidan soʻng xalq palatasidagi HMK (I) fraksiyasi rahbari etib saylangan va Xindiston Respublikasi bosh vaziri, 1984—88 yillarda Hindiston Tashqi ishlar vaziri. 1989 yil saylovlarda HMK (I) magʻlubiyatga uchragach, Gandi hukumati isteʼfoga chiqqan. U terrorchilar tomonidan oʻldirilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil