Prussiya qirollik madhiyasi
Heil dir im Siegerkranz (talaffuzi [ˈhaɪ̯l diːɐ̯ ʔɪm ˈziːɡɐkʁant͡s];) – Prussiya qirollik madhiyasi, keyinchalik Germaniya imperiyasining milliy madhiyasi sifatida qabul qilingan.
1871-yilda imperiya tashkil etilishidan oldin madhiya 1795-yildan buyon Prussiyaning qirollik madhiyasi boʻlib kelgan va 1871-yildan keyin ham shunday boʻlgan. Madhiyaning ohangi Britaniyaning „Xudo Qirolni asrasin“ madhiyasidan olingan. Shu sabablarga koʻra qoʻshiq butun Germaniyada mashhur boʻla olmadi.
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heinrich Harries qoʻshiq matnini 1790-yilda yozgan va „Heil, Kaiser, dir“ qatori dastlab „Heil, Christian, dir“ deb oʻqilgan. 1793-yilda Heinrich Harries matni Balthasar Gerhard Schumacher (1755-1805) tomonidan Prussiya qiroligida foydalanish uchun moslashtirilgan. Balthasar Gerhard Schumacher Heinrich Harriesning matnini qisqartirdi va Christian soʻzini König (qirol) bilan almashtirdi. Germaniya imperiyasi eʼlon qilinganidan keyin König soʻzi Kaiser (imperator) bilan almashtirildi.
Nemis tilida | Inglizcha tarjima |
---|---|
1. I |
1. I |
1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, Hugo Kaun „Xudo qirolni asrasin“ madhiyasiga oʻxshashlikni olib tashlash uchun madhiya matnini yangi musiqaga bastaladi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hawaiʻi ponoʻī“. — „The melody was based on the Prussian hymn originally titled "Heil dir im Siegerkranz.“. 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyun.
- ↑ „Partitur und künstlich dargestellte Einspielung von Hugo Kauns alternative Musik zu Heil dir im Siegerkranz“. https://imslp.org. Qaraldi: 15-sentabr 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Heil dir im Siegerkranz mavzusiga oid fayllar bor