[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Platonizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Platonizm — keng maʼnoda — Platon (avvalo uning eydoslar haqidagi) taʼlimotiga ergashgan falsafiy oqimlar; butun Yevropa falsafasiga platonizm bevosita yoki bavosita taʼsir koʻrsatgan. Tor maʼnoda — miloddan avvalgi 4-asrdan boshlab yunon falsafasidagi yoʻnalish. 3-asrdan platonizmning asosiy shakli neoplatonizm boʻlib qoldi. Oʻrta asrlarda platonizm aristotelizmga nisbatan deyarli sezilarli rol oʻynamagan. Platonizmga boʻlgan qiziqish Yevropada, xususan, Florensiyada faylasuf Marsillio Fichino tomonidan Platon akademiyasi tiklangandan (1459) keyin yana jonlanib ketdi. Keyin u Kembrij maktabi orqali Angliyada, nemis falsafasi (Leybnits) tufayli Germaniyada tarqaldi. Hozirgi davrda Platon taʼlimotining koʻproq irratsional jihatlari oʻrganiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil