[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Pifagor teoremasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Teoremaning yaqqol geometrik isboti
Teoremaning yaqqol geometrik isboti

Pifagor teoremasi — toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari haqidagi teorema. Unga koʻra, agar toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari bir xil masshtabda oʻlchangan boʻlsa, katetlar uzunliklari kvadratlari yigʻindisi gipotenuza uzunligi kvadratiga teng:

Pifagor teoremasiga, asosan, toʻgʻri burchakli uchburchak katetlariga yasalgan kvadratlar yuzalarining yigʻindisi gipotenuzaga yasalgan kvadrat yuzasiga teng (rasmga q.). Pifagor teoremasi Qadimgi Misr va Pifagor teoremasiga Bobilda maʼlum °VD shakl. boʻlgan, lekin birinchi isboti Pifagorga tegishli deb hisoblanadi. Hozir Pifagor teoremasining oʻndan ortiq isboti maʼlum. Yuqorida keltirilgan Pifagor teoremasi taʼrifi Yevklid geometriyasida oʻrinli, lekin noyevklid geometriyalarda Pifagor teoremasi boshqacha ifodalanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil