[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Simon Aspelin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simon Aspelin
Mamlakat Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
Istiqomat joyi London, Angliya
Tugʻilishi 11-may 1974-yil (1974-05-11) (50 yosh)
Saltsjöbaden, Shvetsiya
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in) sm
Professionallik 1998
Faoliyati tugashi 2011
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $$2,121,037
Yakkalik bahslar
Rekordi 0–2
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi No. 436 (1998)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Wimbledon Q1 (1998, 1999)
Juftlik bahslari
Rekordi 348–303
Jami titullari 12
Eng yuqori pozitsiyasi No. 7 (2008)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open QF (2006)
French Open 3R (2005, 2007, 2008, 2009, 2011)
Wimbledon QF (2004, 2006, 2009)
US Open W (2007)
Boshqa juftlik turnirlari
Tour Finals F (2007)
Olimpiyada oʻyinlari F (2008)
Mixed doubles
Career record 14-20
Career titles 0
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2R (2006, 2008, 2009)
French Open QF (2000)
Wimbledon 3R (2008)
US Open 2R (2007)

Simon Aspelin (1974-yil 11-mayda tugʻilgan) 1998-yilda professional boʻlgan Shvetsiyalik sobiq professional tennischi. Uning muvaffaqiyati, asosan, juftlik bahslarida boʻlib, 12 ta chempionlikni qoʻlga kiritgan va 2008-yilning mart oyida jahonning 7-raqamiga chiqqan. Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida Aspelin 2007-yilgi US Open va 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Simon Aspelin 2010-yilgi AQSh ochiq chempionatida

Aspelin faoliyatining unutilmas qismi uftliklar boʻyicha hamkori Todd Perry bilan 2006-yilgi Wimbledon chempionatining erkaklar oʻrtasidagi chorak finalida sakkizinchi raqam ostidagi juftliklar jamoasi sifatida uchinchi raqamda saralangan Mark Knowles va Daniel Nestorga qarshi oʻynagan paytlari boʻldi. Knowlesva Nestor final setida 23-21 hisobida gʻalaba qozonishdi.

2007-yilda yana bir eʼtiborga molik koʻrsatkich Shanxayda tennis boʻyicha Masters kubogida Knowles va Nestorga qarshi final boʻlib, u Julian Knowle bilan magʻlub boʻldi.

2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u hamshahari Thomas Johansson bilan yarim finalda fransuz juftligi Michaël Llodra va Arnaud Clémentni 7:6, 4:6, 19:17 hisobida magʻlub etdi. Oʻyin 4 soat 46 daqiqa davom etgan. Ular kumush medalni qoʻlga kiritishdi.

Professional faoliyatidan oldin, Aspelin Kaliforniya shtatining Malibu shahridagi Pepperdine universitetida toʻrt mavsum davomida oʻynagan. U toʻrt faslda Butunamerikalik maqomini qoʻlga kiritgan[1].

2011-yil may oyida u ITA shon-sharaf zaliga kiritildi.

2011-yil iyul oyida Aspelin professional tennisdan ketishini eʼlon qildi. U oʻzining soʻnggi turnirini Båstadda oʻtkazdi, u yerda ufinalga chiqdi, ammo oʻn uchinchi ATP chempionligini qoʻlga kirita olmadi[2][3].

Katta dubulgʻa finallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natija Yil Chempionat Maydon Hamkor Raqiblar Hisob
Gʻalaba 2007 US Open Qattiq Avstriya Julian Knowle Chexiya Lukash Dlouxi



Chexiya Pavel Vizner
7-5, 6-4
Natija Yil Chempionat Maydon Hamkor Raqiblar Hisob
Kumush 2008 Pekin Olimpiadasi Qattiq Shvetsiya Thomas Johansson Shveysariya Roger Federer



Shveysariya Sten Vavrinka
3-6, 4-6, 7-6 (7-4), 3-6
  1. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  2. „Lindstedt-Tecau Retain Bastad Title; Aspelin Retires From Pro Tennis“. atpworldtour.com. Association of Tennis Professionals (2011-yil 17-iyul). Qaraldi: 2011-yil 17-iyul.
  3. „Swedish Doubles Player Simon Aspelin to Retire“. 10sballs.com (2011-yil 13-iyul). 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyul.