[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Shusha tumani

Koordinatalari: 39°45′0″N 46°45′0″E / 39.75000°N 46.75000°E / 39.75000; 46.75000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shusha
rayon
39°45′0″N 46°45′0″E / 39.75000°N 46.75000°E / 39.75000; 46.75000
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Bayram Assad oʻgʻli Safarov
Maydon 289 km2 (112 kv mi)
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2016)
32 800 [1]
Zichligi 106 kishi/km2
Milliy tarkib ozarbayjonliklar, armanlar, turklar, lazginlar, ruslar, kurdlar, tatarlar, ukrainlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar, shuningdek xristianlar va boshqalar
Telefon kodi 994 26
Shusha xaritada
Shusha
Shusha

Shusha rayoni — Ozarbayjon Respublikasining maʼmuriy — hududiy birligi. 1930-yilda tashkil etilgan. Kichik Kavkazdagi Qorabogʻ togʻ tizmasida joylashgan. Hududiy maydoni −289 km2. Aholisi 2016-yil 1 yanvar maʼlumotlariga koʻra 32.8 ming kishini tashkil etadi. Shusha rayoni 1 ta shahar va 31 ta kentni oʻz ichiga oladi. Maʼmuriy markazi Shusha shahridir. 1992-yildan beri ushbu rayon armani qurolli qismlarining ishgʻoli ostidadir. Shahar 1992-yil 8 mayda ishgʻol qilingan va vahshiylarcha vayron etilgan. Shusha rayonining aholisi hozir qochqinda boʻlib, ozarbayjonning turli mintaqalarida yashaydi.

Shahar nomi etimologiyasi turkiy „Şiş“ — „oʻtkir tigʻli“, „baland“ soʻzidan kelib chiqqan. Shusha Qorabogʻ xoni asoschisi, sarkarda va davlat arbobi Panox Ali bek Javonshir tomonidan qurilgan. Panox Ali 1693-yilda Qorabogʻdagi taniqli Djevanshirlar oilasida tugʻilgan. Yoshligida Panox Ali bek oʻz zamondoshlari orasida qoʻmondonlik qobiliyati bilan ajralib turgan Nodir Afsharga xizmatga kiradi va yosh Panox Ali undan jang strategiyasi va taktika sirlarini oʻrganadi; shu yerda u davlat boshqaruvi sohasida bilimga ega boʻladi. Panox Alining qobiliyatlari baholanib, tez orada Nodir shoh uni oʻz yaqinlari orasiga qoʻshadi. Lekin undan yuqori harbiy qoʻmondonlar saroyda fitnalar uyushtirib, Panox Ali shoh gʻazabiga uchraydi va qochishga majbur boʻladi. Oʻz yaqinlari orasidan sayyor otryadlar yegʻib, Qorabogʻ togʻlarida, soʻng Shekin viloyatida yashirinadi. 1747-yilda Nodir shoh oʻldirilganidan soʻng, Ozarbayjonda mustaqil Gyandj, Shirvon, Shekin, Kubin, Bakin va boshqa xonliklar paydo boʻladi. Qorabogʻda Panox Ali boshqaruvni markazlashtirilishiga qarshi chiqqan amir va maliklar bilan shiddatli jangga kirishadi. Nodir shoh oʻlimidan soʻng qolgan 1551-yilda asos solingan Gyandjin Beklar bekligi Qorabogʻ hamda Gyandj xonliklariga boʻlindi, Qorabogʻ xonligidagi boshqaruv Kadjarlar sulolasidan Djevanshirlar sulolasiga oʻtadi, Gyandji xonligida esa Kadjarlar hukmronligi davom etgan. 1748-yilda Panox Ali Sheki va Shirvon qoʻshinlarining hujumlari aks ettirilgan Bayat degan joyida oʻziga qal’a quradi. 1751-yilda Panox xon maliklarni oʻziga itoat ettirib hukumatni markazlashtiradi, Qorabogʻ tekisligidagi Shaxbulag bulogʻi yonida ikkinchi qal’asini quradi. Rejaga koʻra, bu qal’a yanada himoyalangan va Qorabogʻning togʻli qismi bilan uzviy bogʻliq boʻlishi kerak. Mirza Djamol Djavonshirning gapiga koʻra, uchinchi, yanada himoyalangan qal’ani qurish haqidagi qaror kadjar xoni Muhammad Xasan Mazender va Gilyanni rahbari boʻlganidan soʻng Shaxbulag qal’asi qulashi mumkinligi xavfidan qabul qilingan. 1751-yilga kelib Panaxobod qaʼl’asi quriladi va bu joyda keyinchalik rivojlangan shahar, uning ilk asoschisi nomiga atab Panoxobod deb nomlandi, (soʻzma-soʻz tarjimasi — „Panox shahri“) va keyinchalik Shusha deb qayta nomlangan. Armanilarning talqiniga koʻra, Panox Ali qal’a qurish joyini tanlash masalasida malik Shohnazardan maslahat soʻragan. Lekin mashhur arman yozuvchisi, koʻpgina etnografik ocherklar muallifi, alban malikliklarining xalq tabirlari va yozma manbalar asosida „Xamsa Malikligi“ni yaratgan va shu uchun 1881-yilda shaxsan Qorabogʻga borgan Akop Melik — Akopyan (Raffi) takidlashicha Panox Ali xon bu joyni shaxsan tanlagan. Xonning oʻzi Gargar daryosi yaqinidagi Varandada, u yerda mustahkam qal’a qurish uchun tabbiy sharoitlar boʻlgan bir joy tanlagan va ittifoqdoshlar qal’a qurishni boshlashdi (Raffi. Xamsa malikligi (1600-1827), b.49-50).[2]

Shahar kvartallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon oʻrta asrlar shaharsozlik anʼanaliga binoan shusha qal’asi toʻrt darvozaga ega boʻlgan. Shaharning asosiy darvozasi shimol qismida joylashgan va Gyandj tomoniga ochilgan, shuning uchun u Gyandj darvozalari deb nomlangan. Shusha qal’asini Ozarbayjonning gʻarbiy tumani bilan Irevan (Yerevan) darvozalari bogʻlagan. Qolgan ikki darvoza Shushani atrofidagi togʻli qishloqlar bilan qulay ravishda bogʻlagan. Shushaning ichki qal’a Gyandji darvozalarining katta balandligida joylashgan. Tarixchi Mir Mexdi Xazanning takidlashicha qal’a minora va devorlarni eslatadigan saroy boʻlgan. Shuningdek, xon oʻz qarorgohi yaqinida toʻngʻich oʻgʻli Ibrohim-xon uchun balandlikda „koʻrkam saroy“ qurib beradi. Rus muhandislarining chizmalaridan koʻrinishicha, rejaga binoning murakkab shakli bilan bir qatorda saroy, sud binosi va majmuaning boshqa binolari mavjud. Shushaning boshqa koʻpgina yodgorliklari kabi, bu saroy majmuasi ham shaharni ruslar bosib olganidan soʻng, buzilib vayron qilingan. Saroy majmuasi qal’a devorlari va aylana minoralari bilan oʻralgan. Shahar qal’asining strategik qulay joyida qasrlar, ichki hovlili toʻrt burchakli qurilmalar qurilgan.

Avvalam bor bu qasrlar himoya polkini sigʻdiradigan qal’a turidagi qurilmalar hisoblangan. Shuningdek, balandlikda, shahar qal’asining chetlarida qurilgan bu saroylar, shahar perimetrining toʻliq boshqarish, qal’aga hujm qilishda uning xarakteri va yoʻnalishini belgilashda hal qiladigan roʻl oʻynagan. Bugungi kungacha ulardan faqat ikkitasi — Panox xon qasri va Gara Byoyuk Xonim qasri saqlanib qolgan. Kirish eshigidagi yozuvga koʻra Gara Byoyuk Xonim qasri 1768-yilda qurilgan. Yerning dinamik landshafti qal’a devorlari hamda minoralarning joylashuvida hal qiladigan roʻlni oʻynagan. Qal’a devori mushkul togʻ relyefiga binoan qurilganligi sababli, uning rejasi murakkab singan chiziq shakliga ega. Asosiy devordan qal’alarning sezilarli boʻrtib chiqqan joylari asosiy devor himoyasini ancha kuchaytirgan. Sathining farqi evaziga qal’a devori va minora siluetlari koʻpgina koʻtarilish va pasayishlarga ega. Qal’a devorlari, minora va qasr choʻqqilari Shusha tekisliklarining oʻrmon landshafti hamda qoyalar landshafti bilan uygʻunlashib betakror koʻrinish hosil qiladi. Bundan tashqari, Shusha shahar — qal’a hisoblanib, XVIII-XIX asrlarda Ozarbayjonning eng muhim siyosiy — iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Shusha qal’asining birinchi 9 kvartali shaharning quyi qismida va nisbatan sokin relyefda qurilgani sababli Quyi kvartallar deb nomlanadi. Ibrohim xonning hukumronligi davrida (1759-1806) shaharning sharqiy qismida 8 Yuqori kvartallari shakllana boshladi. Nisbatan keskinroq relyefga ega boʻlgan shaharning gʻarbiy qismida asosan ruslar istilosidan soʻng (1805), 12 kvartal quriladi. Quyi kvartallar: Gurdlar, Seidli, Djulfalar, Gyulug, Derdler gurdu, Gadji Yusifli, Dord Chinar hamda Chyol Gala deb nomlanadi. Yuqori kvartallar esa: Mardinli, Saatli, Kocherli, Mamayi, Xodja Mirdjanli, Demirchi, Xamamgabagi hamda Teze mehelle deb nomlanadi. Mexrulu, Gazanchili, Eklisu, Chillebord, Dere va gʻarbiy togʻli qismidagi boshqa kvartallarni bir — biridan tor qiyshiq koʻchalar ajratadi. Oq toshdan yasalgan qal’a devorlari va koʻrkam tabiat fonidagi terrasa koʻrinishida joylashgan kvartallar maʼnodor koʻrinish kasb etmoqda. Rivojlanishning keyingi pogʻonalarida qayta qurish va qurilish ishlari olib borilmaganligi sababli, Shusha tarixiy shakllangan meʼmoriy — rejali tuzilmasini saqlab qolgan. Ozarbayjonning boshqa shaharlari kabi Shusha kvartallari hovli uy — yer mulklardan tashkil topgan. Shushaning koʻpgina uylari ikki qavatli boʻlgan va qayta ishlanmagan toshlardan qurilgan. Katta ayvonlarning rangli oynalari (tarmoqlari) va interyerdagi koʻp rangli devor bezaklari bilan, Ozarbayjondagi boshqa uylardan farq qilmagan. Bunday uylarning bir nechta qimmatli namunalari qolgan. Uylardan Gadji Gulular yerlari, Natavan uyi, Ugurlu bek uyi, Asad bek uyi, Mexmandarovlar uyi va boshqa xon va beklarning saroy turidagi uylari boy badiiy — meʼmoriy tuzilishi bilan ajralib turgan. Lekin afsuski bu binolarning koʻpchiligi bugungi kungacha saqlanib qolmadi. Har bir Shusha kvartalida uni tashkil etadigan yashash uylaridan tashqari, boshqa mahalliy ommaviy — diniy markazlar mavjud boʻlgan. Bu markaz bir guruh binolardan tashkil topgan — uni atrofini masjidlar, madrasa, hommom, doʻkon va buloqlar qamrab olgan.

Kvartalning toʻrtburchak masjidlarning (Djulfalar, Chuxur, Gadji Yusifli va boshq.) tashqi koʻrinishi yashash uylariga oʻxshaydi, ularning interyeri diniy meʼmorchilik soʻrovlariga binoan jihozlangan. Namoz oʻqish xonasining uchta boʻlinishli kvartal masjidlari (Chyol gala, Teze, Saatli, Mamayi) yanada mukammal rejalanishi bilan farqlanadi. Kvartalning koʻpgina masjidlari tomlarida azonchi (minoradan namoz oʻqishga chorlaydigan masjid ishchisi) uchun kichik hujralar qurilgan vaqtda, Saatli masjidida gʻishtli bezak berilgan minora boʻlgan. Shusha masjidlari orasidagi yodgorlikga eng oidi bu XIX asrning buyuk meʼmori Kerbalai Safi xon Garabagi tomonidan 1883-yilda qurilgan Yuqori Gyovher aga masjidi boʻlgan. Ibrohim xonning qizi Gyovher aga tomonidan uning otasining qurgan masjid oʻrnida 1768-yilda qayta qurilgan bu masjid Shushaning eng katta Juma masjidi hisoblanadi. Juma masjidi — Shushaning asosiy maydonidagi asosiy masjidi hisoblanadi. Shusha shahrining asosiy maydonidan shimoli-sharq tomoniga 150 metrda, Quyi Gyovxer aga masjidi atrofida shakllangan meʼmoriy majmua joylashgan. Majmuaga masjid, madrasa, doʻkon hamda uylar kirgan. 1868-1870-yillarda meʼmor Kerbalai Safi xon tomonidan qurilgan Quyi Gyovxer aga masjidi oʻzini rejali tuzilishiga koʻra, Agdam va Shushadagi Juma masjidlariga oʻxshaydi. Quyi Gyovxer aga masjidining faqatgina ikkita minorasi oldingi fasadda emas, balki orqa fasadning burchaklarida joylashgan.

Shushaning deyarli barcha kvartal masjidlari meʼmor Garabagi xoni Kerbalai Safi ishtirokida qurilgani sababli, ularning barchasida umumiy meʼmoriy uslub seziladi. XVIII-XIX asrlarda Shusha shahri xalqaro savdoda faol ishtirok etgan. Ular tomonidan Sharq va Gʻarbda amalga oshirilgan savdo operatsiyalari savdo markazi tashkil etilishiga sabab boʻldi. Butun shahar rejasining asosi hisoblangan Meydan (Maydon) shuningdek, asosiy savdo majmuasining asosi boʻlgan. Maydondan uchta savdo koʻchalari boʻlinib ketgan — shimolga Rasta bozor, sharqga Ashagi bozor, janubga Shayton bozor. Yon tomonlarida qator doʻkonlar qurilgan bunday koʻchalarda Shushaning asosiy diniy inshootlari, karvon-saroylari hamda savdo maydonlari joylashgan. Qorabogʻ xoni Panoxali xon tomonidan qadimgi aholi yashash joyida qurilgan Shusha shaharsozlik madaniyati oʻrta asrlarining nodir yodgorligi hamda Qorabogʻ meʼmorchiligining tirik ensiklopediyasi hisoblanadi. 1988-yilda Shusha shahri Ozarbayjon Respublikasining Davlat Tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan. Shusha shahrining tarixiy qismi esa 1977-yilda YUNESKO tomonidan tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilindi.[2]

Geografik mavqei

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1801-1813 chegaralarini belgilash bilan Kavkaz viloyati xaritasi Kavkaz harbiy okrugi, podpolkovnik Tomkievym bosh qarorgohida harbiy tarix fakulteti tuzilgan edi. Tbilisi 1901-yil.

Hududi togʻliklardan iborat, Eng baland choʻqqisi Katta Kirs togʻidir (2725 m). Hududining aksar qismi yozda quruq keladigan moʻtadil issiq va qishi quruq keladigan sovuq iqlim tiplaridan iborat. Oʻrtacha harorat −4 S° dan −1 S° gacha, iyulda 16 — 19 S° ni tashkil etadi. Yillik yogʻingarchilik miqdori 700 – 800 mm. Hududidan Qarqar daryosi oqib oʻtadi. Tuproqlari jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon, chimzor togʻ — oʻtloq tiplidir. Yalangʻoch togʻliq va adirliklarining kesib olingan oʻrmonlari oʻrnida oʻtloqlar va kserofit butazorlar mavjud. Hayvonot dunyosi ayiq, boʻri, tulki, kulrang tovushqon, kiyik, kaptar va boshqalardan iborat.

Ozarbayjon aholisining roʻyxatga olinishi (1999) va Ozarbayjon aholisining roʻyxatga olinishi (2009)

AzStatning 2014-yil 1 yanvardagi rasmiy maʼlumotlariga koʻra rayon (de-yura sifatida) aholisi 31.499 kishini tashkil etadi.[3]

Etnik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Etnik
guruhlar
1939-yil[4][5] 1959-yil[6] 1970-yil[7] 1979-yil[8] 1989-yil 1999-yil[9] 2009-yil[10]
Soni % Soni % Soni % Soni % Soni % Soni % Soni %
ozarbayjonliklar 6 306 58.3 % 6 564 61.8 % 9 890 72.4 % 12 955 80.9 % 18 679 91.7 % 23 135 95.0 % 27 364 95.81 %
armanilar 4 177 38.6 % 3 794 35.7 % 3 577 26.2 % 2 881 18.0 % 1 430 7.0 % 1 140 4.7 % 1 140 3.99 %
turk ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 41 0.14 %
lezgin 17 0.16 % ... ... ... ... ... ... ... ... 1 0.01 % 4 0.01 %
ruslar 256 2.4 % 198 1.9 % 142 1.0 % 114 0.7 % 16 0.1 % 4 0.01 %
kurdlar 4 0.0 % 33 0.1 % 3 0.01 %
tatarlar 4 0.0 % 5 0.0 % 2 0.01 %
ukrainlar 20 0.2 % 7 0.1 % 11 0.1 % 9 0.0 %
boshqalar 52 0.5 % 70 0.7 % 48 0.4 % 58 0.4 % 265 1,3 % 2 0.0 % 2 0.01 %
Jami 10 819 100 % 10 626 100 % 13 664 100 % 16 019 100 % 20 374 100 % 24 340 100 % 28 560 100 %

Shushada tugʻilganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shushada tugʻilganlar

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning taniqli shaxslaridan shoir Mirza Rahim Fano, haykaltarosh Munavvar Rizayeva, jurnalist Hoshimbey Vazirov, Turkiyaning ilk ayol advokati Surayyo Og’ao’g’li, futbol hokimi Eldor Azimzoda, bastakor Sulaymon Alaskarov, davlat arbobi Iskandar Aliyev, shifokor Ozod Amirov, torchi Mashadi Jamil Amirov, muhandis Temurbey Aslanov, Sovet ittifoqi qahramoni va Ozarbayjon Ichki ishlar vaziri Xalil Mammadov, Ozarbayjon milliy qahramoni Ramiz Qambarov, qo’shiqchi Surayyoxonim Qachar, harbiy Ozodbek Vazirov, dramaturg Sulaymon Soniy Oxundov va boshqalarni sanab o’tish mumkin.

Rayon qoʻmitasi raislari va ijroiya rahbarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy obidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diniy — tarixiy obidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hoji Yusufli masjidi (XVIII asr)
  2. „Choʻl Qal’a“ masjidi (XVIII asr)
  3. Xoja marjonli masjidi (XVIII asr)
  4. Quyuqliq masjidi (XVIII asr)
  5. Sayidli masjidi (XVIII asr)
  6. Masjid (XVIII asr)
  7. Mardinli masjidi (XIX asr)
  8. Quyi Gavhar Ogʻa masjidi (1874-1875)
  9. Julfalar masjidi (XIX asr)
  10. Yuqori Gavhar Ogʻa masjidi (XIX asr)
  11. Momoy masjidi (XIX asr)
  12. Koʻcharli masjidi (XIX asr)
  13. Molibayli masjidi
  14. Alban ibodatxonasi
  15. Qoyboli masjidi
  16. Shirlon masjidi

Tarixiy — meʼmoriy obidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Qal’a devori (uzunligi 8 kilometr)
  2. Qal’a devori ustiga tiklangan burjlar (17 dona)
  3. Qadimiy uslubda qurilgan 17 mahalla
  4. Mulla Panoh Voqivning sheʼriyat uyi
  5. Xon qizi Xurshidbonu Notavon saroyi
  6. Mir Muhsin Navvob mulki
  7. Uzayir Hojibekovning uy-muzeyi
  8. Bulbulning uy-muzeyi
  9. Gilam muzeyi
  10. Tarix — oʻlkashunoslik muzeyi
  11. Qorabogʻ davlat tarixiy muzeyi
  12. Mulla Panoh Voqif maqbarasi
  13. Turshsuv galereyasi
  14. 4 ta karvonsaroy
  15. Shohliq koʻprigi
  16. Suratlar galereyasi
  17. Ganja darvozasi
  18. Shoʻr buloq
  19. Najafquli oʻga mulki
  20. Ozarbayjondagi boshlangʻich realniy maktabi binosi
  21. Xon qizi Notavon buloq majmuasi
  22. Ogʻa-Abdurahim ogʻa uyi
  23. Zorislidagi Koʻr karvonsaroyi
  24. Yangi mahalladagi koʻprik
  25. Ibrohimxon mulki
  26. Sodiqjon qasri
  27. Ulugʻbek uyi
  28. Ogʻabuyukxon burji
  29. Molibeylidagi „Qizlar maktabi“
  30. Xon qizi Notavon qurdirgan „Qoratom“
  31. Ogʻabegim ogʻa qasri
  32. Qosimbek Zokir yashagan uy
  33. Qosimbek Zokirning qabri ustidagi obida
  34. Katta miqdordagi kumush va mis idishlar
  35. Bahman Mirzo Qochor majmuasi
  36. Bahman Mirzo Qochor harami
  37. Bahman Mirzo Qochor qurdirgan „Bob“ hammomi
  38. Qochorlar maqbara majmuasi
  39. Layli qoyasi
  40. Mammad Hasan ogʻa imorati
  41. Qorabogʻ xonligi devon majmuasi
  42. Hoji Shukur imorati
  43. Qadimovlar mulki
  44. Ibrohim Xalilxon 1801-yilda qurdirgan madrasa majmuasi
  45. Qorabogʻ xonining vaziri Mirza Jamolbek Javonshior va uning oilasining maqbara majmuasi
  46. Qorabogʻ qozisi mulki
  47. Tosh kitoblar
  48. Oʻvdon bulogʻi
  49. Xurshidbonu Notavon qurdirgan zindon binosi
  50. Bayot qal’asi (1748-yil)
  51. Shohbuloq qal’asi
  52. „Panohobod“ Shusha qalaʼsi (1750-1757-yillar)
  53. Ikki qavatli karvonsaroy (1888-1889-yillar)
  54. „Daliktosh“ zinapoya majmuasi
  55. Samadbek Mehmondorovning Shushadagi mulki

Ziyoratgohlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hazrat Ali gʻori (Nazir gʻori)
  2. Hazrat Abbos shifo oʻchogʻi
  3. Soqqaxona va Pirgoh pirlari
  4. Sayid Mirfasih turbasi
  5. Ogʻadadali mahallasidagi Mir Mehdi oʻchogʻi
  6. Chir mahallasidagi qoʻsh minorali shifo oʻchogʻi
  7. Qosim ogʻa oʻchogʻi
  8. Sayyidli mahallasidagi Sayid Xalil Sayid Ali oʻgʻli ochogʻi
  9. Haydar turbasi
  • „Tema Azerbaydjana v sredstvax massovoy informatsii Uzbekistana“ Oʻzbek va rus tillarida.
  • Oleg Kuznesov. Qorabogʻ konflikti: „afsonalari“ toʻgʻrisida haqiqat. 2015. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Turkestan i Yujniy Kavkaz XIX — XX vv. Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2015), Rus tilida.
  • „Ozarbayjoning madaniy merosi: Kulturnoe nasledie Azerbaydjana“ (2016), Oʻzbek va rus tillarida.
  • Tarix fanlari doktori, professor Ali Hasanovning „Geosiyosat“ kitobi (2016) — tarjimon Babaxan Sharifov. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Karabax — voyna idey“ (2016), Rus tilida.
  • Shuxrat Salamov. „Gʻoyalar jangi“. XIX-XX a.. Turkiston va Janubiy Kavkaz. T., — 2017. Oʻzbek tilida.
  • Abduvali Saybnazarov. Chelovechnost, unichtojennaya v Xodjalinskom genotside. -T., 2017. Oʻzbek va rus tillarida.
  • Ali Hasanov, Ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash va milliy qirgʻin siyosati. Xoʻjayli milliy qirgʻini / — Toshkent: „Istiqlol nuri“, 2017. Oʻzbek tilida.
  • Dokumentalniy film. „Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2016)
  • Əhmədbəy, Cavanşir. Qarabağ xanlığının siyasi vəziyyətinə dair: 1747-ci ildən 1805-ci ilə qədər (azerbaijani). Baku: Azərbaycan SSR EA, 1961. 
  • Abbasov, Samir. Razgrablennyye kul'turnyye dostoyaniya, unichtozhennyye biblioteki - zhertvy armyanskoy agressii (azerbaijani). Baku: Təhsil, 2012. 
  • Sovetskiy Nagornyy Karabakh (azerbaijani). Baku: Azerneshr, 1983. 
  • layihə rəhbəri. D. Musayev; red. hey. N. Abdullayev və b.. Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (Шуша - древний край Азербайджана) (azerbaijani), Baku, 2009. 
  • Nazim Məmmədov. Azərbaycan SSR Dağlıq Qarabağ bölgəsinin şəhər və rayonlarının tarixi: XX əsrin 20-90-cı illəri (azerbaijani). Baku: Təhsil, 2010. 
  • Qarabağ həqiqətləri (azerbaijani), Baku, 2011. 
  • Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (azerbaijani), Baku, 2009. 
  • Vəlizadə Rövşən Novruz oğlu. Genosid... Ecocid: I kitab (azerbaijani). Baku: Adiloğlu, 2006. 
  • B.Eyvazov; A.Balayev; Predisoviye.A.Eyvazov. Eyvazov; Bakhadur Asker oglu. prof.. Kurort Shusha 1907-1987 (russian). Baku: Nurlan, 2008. 
  • G.Imanova; Predisloviye.M. Teymur. Moya Shusha: Patrioticheskiye stikhi (russian). Baku: Adil'oglu, 2007. 
  • Gasanova Aybeniz Ashraf kyzy. Sady i parki Azerbaydzhana: istoriya razvitiya landshaftnoy arkhitektury (russian). Baku: Ishyg, 1996. 
  • Gasym Gadzhiyev. Irevanskiy "akademicheskiy" etap sezona Gorisskogo teatra absurda S. Sarkisyana (russian). Baku: Teknur, 2013. 
  • Guliyev Gasan Mamedaga ogly. Smert' diplomata ili k istokam konflikta v Karabakhe (russian). Baku: Ergyun, 1995. 
  • Zemfira Gadzhiyeva. Garabagskoye khanstvo: sotsial'no-ekonomicheskiye otnosheniya i gosudarstvennoye ustroystvo (russian). Baku: Takhsil, 2008. 
  • Istoriya Azerbaydzhana po dokumentam i publikatsiyam. Elm (russian), Baku, 1990. 
  • Karabag-name. AN Azerbaydzhanskoy SSR (russian), Baku, 1950. 
  • Mustafa-zade Rakhman. Dve Respubliki: azerbaydzhano-rossiyskiye otnosheniya v 1918-1922 gg (russian). Baku: MIK, 2006. 
  • Turan Akhundova. Nemtsy-kolonisty Azerbaydzhana: XIX-nach. XX v. Shusha (russian), Baku, 1999. 
  • Khronika NKAO: fevral' 1988 - fevral' 1990. Kommunist (russian), Baku, 1990. 
  • Chingiz Kadzhar. Staraya Shusha (russian). Baku: Şərq-Qərb, 2007. 
  • E. Avalov; Fond Geydara Aliyeva; [sost. Obshchestvennaya Organizatsiya Razvitiya regionov] Avalov; El'turan. Shusha: grafika (russian). Baku: Chashyoglu, 2008. 
  • K. M. Məmmədzadə; N. A. Sərkisov; red. C. Quliyev; foto. Q. M. Hüseynzadə. Şuşa-Vaqifin türbəsi; AzSSR EA Tarix İn-tu Arxeologiya və Etnoqrafiya Sektoru (azerbaijani). Bakı: Elm, 1986. 
  • M. M. Ağamirov ; elmi red. O. Abasquliyev ; red. və ön söz müəl. S. Əliyev. Nəğmə dolu Şuşam mənim!(Песенный город Шуша/ Shusha - city of songs). Şuşa incəsənət məktəbi (azerbaijani). Bakı: Nurlar, 2013. 
  • pod red. I. P. Babenko. Pamyatnaya kniga Yelisavetpol'skoy guberniy na 1914 god: sprilozheniye tablitsy ob ekonomicheskom polozhenii nasedeniya gubernii (russian), Tiflis, 1914. 
  • Sadykhova Gyul'dzhamal Nariman kyzy. ; nauch. red. M. A. Ismailov ; NANA In-t Istorii im. A. Bakykhanova. Istoriya goroda Shushi (XIX-nachalo KHKH vv.): [monografiya] (russian). Baku: Nurlan, 2004. 
  • Dzh. Aleksandrovich; I. Azimbekov; V. M. Sysoyev; S.Aleksandrovich. Yevlakh-Shusha: arkheologicheskiy ocherk : otdel'nyy ottisk iz 3-go vypuska "Izvestiy Azkomstarisa" (russian), Baku, 1928. 
  1. http://www.stat.gov.az/source/demoqraphy/ap/
  2. 2,0 2,1 arxiv nusxasi, 2017-10-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-10-01
  3. Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi: Shusha rayoni (Yangilangan sana: 2014 yanvar 1) — koʻrib chiqildi: 28.12.2014
  4. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza: Naseleniye Shushinskogo rayona po perepisi 1939-go goda — yoxlanılıb: 08.03.2015
  5. Vsesoyuznaya perepis' naseleniya 1939 goda. Natsional’nyy sostav naseleniya rayonov, gorodov i krupnykh sel soyuznykh respublik SSSR. Azerbaydzhanskiy SSR >> Shushinskiy // Istochnik: RGAE RF (byv. TSGANKH SSSR), fond 1562, opis' 336, D.D. 966-1001 („Natsional’nyy sostav naseleniya po SSSR, respublikam, oblastyam, rayonam“), D.D. 256-427 (tabl. 26 „Natsional’nyy sostav naseleniya rayonov, rayonnykh tsentrov, gorodov i krupnykh sel’skikh naselennykh punktov“)
  6. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza: Naseleniye Shushinskogo rayona po perepisi 1959-go goda
  7. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza: Naseleniye Shushinskogo rayona po perepisi 1970-go goda
  8. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza: Naseleniye Shushinskogo rayona po perepisi 1979-go goda
  9. Population statistics of Eastern Europe: Ethnic composition of Azerbaijan by 1999 census
  10. Population statistics of Eastern Europe: Ethnic composition of Azerbaijan by 2009 census