[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Softbol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Softbol (inglizcha: softball) — toʻp bilan oʻynaladigan jamoaviy sport boʻlib, beysbolning bir turi sanaladi. Softbol taxminan greypfrut oʻlchami kattaligida, beysboldan yumshoqroq va toʻp havoga uchganda sekinroq tushadi. Softbolni erkaklar ham, ayollar ham oʻynaydi. Oʻyinning bir nechta: “Fast-pitch” — «Tez oshirish», “Slou-pitch” — «Sekin oshirish”, “Modifay-pitch” — “Oʻrtacha oshirish.turlari mavjud. 1996-yildan 2008-yilgacha Olimpiya yoʻnalishi boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasida “fast-pitch” boʻlib oʻtgan edi.

Beysbol koʻplab mamlakatlarda keng tarqalganidek, softbol ham mashhur, chunki uni professional boʻlmaganlar afzal koʻrishadi. Softbolning beysboldan farqi jarohatlarni kamaytirishga va sportchilarning jismoniy imkoniyatlari juda past darajalilarga moʻljallangan.

Softbol to'pi

Softbol 1887-yilda paydo boʻlgan. Dastlab, oʻyin mashbol (ing. mush dan "arzimas") yoki kittenbol (inglizcha kitten dan "mushukcha") deb nom olgan. 1920-yillarda u oʻz zamonaviy nomiga ham ega boʻlgan. Xalqaro softbol federasiyasi (ing. ISF) 1965-yilda tashkil etilgan va 2001-yilda 122 ta milliy federasiyani birlashtirgan. Jahon chempionatlari: ayollar oʻrtasida — 1965-yildan, erkaklar oʻrtasida — 1966-yildan boshlab oʻtkazilgan. Softbol 1996-yildan (Atlanta) 2008-yilgacha (Pekin) va 2020-yilda (Tokio) yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

SSSRda softbol 1987-yilda rivojlana boshlagan. Dastlabki turnirlar Belgorod, Toshkent, Krasnoyarsk shaharlarida oʻtkazilgan. 1991-yilda ayollar oʻrtasida birinchi va yagona SSSR softbol chempionati boʻlib oʻtadi. "Viktoriya" jamoasi (Tiraspol, Moldaviya SSR) chempion boʻldi.