[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Necmettin Erbakan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Necmettin Erbakan
13-Turkiya Respublikasi Bosh vaziri
Mansab davri
28-iyun 1996-yil – 30-iyun 1997-yil
Prezident Süleyman Demirel
Oʻtmishdoshi Mesut Yılmaz
Vorisi Mesut Yılmaz
Turkiya Bosh vaziri yordamchisi
Mansab davri
3-iyul 1977-yil – 5-yanvar 1978-yil
Hukumat boshligʻi Süleyman Demirel
Oʻtmishdoshi Turan Güneş
Orhan Eyüboğlu
Vorisi Orhan Eyüboğlu
Hikmet Çetin
Turhan Feyzioğlu
Mehmet Faruk Sükan
Mansab davri
31-mart 1975-yil – 21-iyun 1977-yil
Hukumat boshligʻi Süleyman Demirel
Oʻtmishdoshi Zeyyat Baykara
Vorisi Turan Güneş
Orhan Eyüboğlu
Mansab davri
26-yanvar 1974-yil – 17-noyabr 1974-yil
Hukumat boshligʻi Bülent Ecevit
Oʻtmishdoshi Kemal Satır
Nizamettin Erkmen
Vorisi Zeyyat Baykara
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-oktyabr 1926-yil (1926-10-29) (98 yosh)
Sinop, Turkiya.
Vafoti 27-fevral 2011-yil(2011-02-27)
(84 yoshda)
Anqara, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Millati Cherkez
Siyosiy partiyasi Millî Nizam partiyasi (1970-1971)
Millî Selamet partiyasi (1973-1981)
Refah partiyasi (1987-1998)
Fazilet partiyasi (1998-2001)
Saadet partiyasi (2001-2011)
Turmush oʻrtogʻi Nermin Erbakan (1967-2005)
Bolalari
Ota-onasi
  • Mehmet Sabri
  • Kamer Hanım
Alma mater
  • İstanbul Teknik Üniversitesi
  • RWTH Aachen Üniversitesi
Kasbi
  • Siyosatchi
  • muhandis-mexanik
  • akademik
  • muallif
Imzosi

Necmettin Erbakan — asil kelib chiqishi cherkas boʻlgan, Turkiyalik muhandis, akademik va siyosatchi olim. Bosh vazir oʻrinbosari va bosh vazir lavozimlarida ishlagan. 1996-yil 28-iyundan 1997-yil 30-iyungacha b Turkiya Respublikasining bosh vaziri boʻlib ishlagan. U 28-fevral jarayonlaridan soʻng isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va 5 yilga siyosatdan chetlashtirildi. Erbakan bedarak yoʻqolgan trillion ishi boʻyicha 2 yilu 4 oyga qamalgan.

Bolaligi va ish faoliyatini boshlashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Necmettin Erbakan 1926-yilda Sinop qozi vakili Mehmet Sabri va Kamer Hanimning toʻrt farzandining eng kattasi boʻlib tugʻildi. Ona tomoni cherkas[1], ota tomoni esa XIX asr oxirida Adananing Kozan, Saimbeyli va Tufanbeyli hududlarida hukmronlik qilgan Kozanogʻlu bekligiga borib taqaladi[2][3]. Boshlangʻich taʼlimni Kayserida boshlagan boʻlsa-da, otasining boshqa shaharga tayinlanishi tufayli Trabzonda tugatgan. 1937-yil boshlagan Istanbul oʻgʻil bolalar maktabini 1943-yilda aʼlo baholarga bitirgan. Universitetga imtihonsiz kirish huquqiga ega boʻlsa-da, u imtihon topshirishni afzal koʻrdi. 1943-yilda Erbakan taʼlimni boshlagan yili, olti yillik taʼlim muddati boʻlgan Oliy muhandislik maktabi universitetga aylantirildi va nomi Istanbul Texnik universiteti (ITU) deb oʻzgartirildi va taʼlim muddati besh yil etib belgilandi. Shu boisdan ham Erbakan oʻzidan oldin maktabni boshlagan oʻquvchilari bilan birga 2-kursdan taʼlim olishni boshlagan. Texnik universitetida oʻqigan vaqtlarida, oʻquvchilar orasida Süleyman Demirel va Turgut Özal ham bor edi. Istanbul Texnik universiteti muhandislik fakultetini 1948-yilda tamomladi. Xuddi shu yili u „Motorlar kafedrasi“ning yordamchi oʻqituvchisi boʻldi (1948-1951). Bu davrda prof. Dr. U Selim Palavan bilan motor darslaridan oʻquvchilarga saboq bergan.

1951-yilda universitet tomonidan Germaniyaning RWTH Aachen universitetiga (Aachen Technical University) yuborilgan Erbakan doktorlik darajasini oldi. Klockner Humboldt Deutz AG dvigatel zavodiga taklif qilindi. Germaniya armiyasi uchun tadqiqot olib boradigan DVL tadqiqot markazida prof. Dr. U Shmidt bilan ishladi. U Leopard 1 tankining dvigatel dizayni boʻyicha bosh muhandis boʻlib ishlagan. Dvigatelning yonish sxemasini oʻzi chizdi. Germaniya universitetlarida doktorlik darajasini oldi[4].

1953-yilda dotsentlik imtihonini topshirish uchun Turkiyaga qaytib keldi. 1954-yilda 27 yoshida Istanbul Texnik universiteti dotsenti boʻldi. Olti oyga Germaniyaning Deutz zavodlariga qaytib, tadqiqot olib bordi. Harbiy xizmatni 1954-yil maydan 1955-yil oktabrgacha oʻtadi. U universitetga qaytib kelib, 1956-1963-yillar orasida 200 ta hamkori bilan birinchi mahalliy dvigatel ishlab chiqaradigan Gümüş Motorga asos soldi va dvigatel ishlab chiqarishni boshladi. 1965-yilda professor unvonini oldi. 1967-yilda Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi Bosh kotibi etib saylandi. Xuddi shu yili u Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqida kotibi boʻlgan Nermin (Saatchioglu) Erbakan (1943-2005) bilan turmush qurdi[5]. Uning bu nikohdan uch nafar farzandi boʻldi (1968-yilda tugʻilgan Zeynep, 1974-yilda tugʻilgan Elif va 1978-yilda tugʻilgan Fotih).

Bu davrda U Onadoʻli savdogarlari va kichik sanoatchilarni yirik sanoatchilar va savdogarlarga qarshi himoya qilishi bilan diqqatni tortdi. 1969-yil 25-mayda Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqining umumiy raisi etib saylandi. Ammo Adolat partiyasi hukumati saylovlarni bekor qilganligi sababli u 1969-yil 8-avgustda raislik lavozimini tark etishga majbur boʻldi[6].

Siyosiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

12-sentabr voqeasidan oldin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1969-yilda Adolat partiyasidan deputatlik nomzodligiga Sulaymon Demirel veto qoʻyganligi sababli Koniyadan mustaqil nomzod boʻldi va yuqori ovoz olib, deputat etib saylandi. 1970-yil 17-yanvarda 17 nafar doʻsti bilan Millî Nizam partiyasini tuzdi. Biroq 1971-yil 12-martdagi harbiy aralashuvdan koʻp oʻtmay „dunyoviylikka zid faoliyat olib bordi“ degan daʼvo bilan partiya Konstitutsiyaviy sud tomonidan 1971-yil 20-mayda yopildi va uning rahbarlariga hech qanday jinoiy ish qoʻzgʻatilmadi[7]. Millî Nizam partiyasi yopilgach, Erbakan Shveysariyaga borib, u yerda bir muddat qolib ketdi. 1973-yilgi umumiy saylovlar oldidan Turkiyaga qaytdi. Sulaymon Demirel boshchiligidagi Adolat partiyasining ovozlarini boʻlish uchun Havo kuchlari qoʻmondoni general Muhsin Batur va general Turgut Sunalp tomonidan koʻndirilishi ortidan Turkiyaga qaytgani iddao qilinadi[7][8][9].

1972-yil 11-oktabrda Millî Nizam partiyasi kadrlari bilan Millî Selamet Partisini (MSP) tuzdi. 1973-yil 14-oktabr saylovlarida Millî Selamet partiyasi 12 foiz ovoz bilan 48-oʻrinni qoʻlga kiritdi[10]. 1974-yilda saylovlardan soʻng darhol Respublika Xalq partiyasi va Bulent Ejevit boshchiligidagi MSP oʻrtasida tuzilgan koalitsion hukumatda davlat bosh vazir oʻrinbosari boʻldi.

1975-yil mart oyida Adolat partiyasi, Milliy najot partiyasi, Millatchi Harakat partiyasi (MHP) va Respublika Ishonch partiyasi (CGP) oʻrtasida tuzilgan Birinchi Millatchi front hukumatida bosh vazir oʻrinbosari boʻldi. 1977-yildagi hukumat tarkibida ham Erbakan bor edi va yana vazir oʻrinbosari boʻldi. U 1979-yil noyabr oyida Adolat partiyasi tomonidan tuzilgan ozchilik hukumatini tashqaridan qoʻllab-quvvatladi. 1980-yil 6-sentabrda partiyasi Koʻniyada uyushtirgan Quddus mitingida Davlat madhiyasiga norozilik bildirildi, shariat shiorlari yangradi. Erbakan va boshqa MSP aʼzolari qoʻshilgan uzun olomon arabcha bannerlar bilan yurishdi. Bu mitingning 12-sentabr davlat toʻntarishining sabablaridan biri boʻlgani aytiladi[11][12].

12-sentabr voqeasidan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 12-sentabr kuni Izmirning Uzunada hududida bir muddat hibsga olingan. U 1980-yil 15-oktabrda MSPning 21 nafar rahbari bilan birga „MSPni noqonuniy jamiyatga aylantirish va dunyoviylikni buzganlik“da ayblanib hibsga olingan. U 1981-yil 24-iyulda qamoqdan chiqarilgan. 1985-yil 14-fevralda Harbiy sudning 1983-yildagi hukmi bekor qilingandan keyin oqlangan[13].

1982-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, u 10 yilga siyosat bilan shugʻullanishdan chetlashtirildi. U 1987-yil 6-sentabrdagi ommaviy ovoz berishdan soʻng siyosatga qaytdi (50,16 %, taqiq bekor qilindi).

Partiyalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yil 11-oktabrda Refah partiyasi rahbari etib saylandi. 1991-yilgi saylovlarda Refah Millatchi Ishchi partiyasi (MÇP) va Islahatçı Demokratiya partiyasi (IDP) bilan ittifoq tuzgan Erbakan Koʻniyadan deputat etib saylandi. 1994-yil 27-martda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda uning partiyasi 19 foiz ovoz olib, katta muvaffaqiyatga erishdi. U yosh nomzodlar Recep Tayyip Erdoğan va Melih Goʻkchek bilan ikki muhim metropoliten shahar — Istanbul va Anqarada gʻalaba qozondi.

Reaksiya, jumhuriyat, dunyoviylik va kamalizm mavzusidagi munozaralar natijasida Erboqon 28-fevralda „postmodern toʻntarish“ deb atalgan jarayon bilan isteʼfoga chiqishga majbur qilishgan boʻlsa-da, birinchi navbatda bu urinish muvaffaqiyatga erisha olmadi. Koalitsiya 1997-yil 30-iyungacha davom etdi. 1997-yil 21-mayda Oliy sud Bosh prokuraturasi Konstitutsiyaviy sudga Refah partiyasini tarqatib yuborish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan murojaat qildi va sabab qilib, shularni aytishdi „baʼzi bir noqonuniy xatti-harakatlarning markaziga aylangan va partiyaning baʼzi aʼzolarining dunyoviy rejimni qulatishga urinishlari boʻlgan“. Bosh prokuror Vural Savash ish yuzasidan qilgan bayonotida, partiyaning "dunyoviylikka qarshi faoliyat markaziga aylangani va mamlakatni asta-sekin fuqarolar urushi muhitiga tortayotganini" aytdi. Ish hali davom etar ekan, Erbakan bosh vazirlikni Tansu Chillerga topshirish uchun 1997-yil 18-iyun kuni prezident Sulaymon Demirelga isteʼfoga chiqish haqida ariza berdi. Prezident Demirel esa yangi hukumatni tuzish vazifasini Haq yoʻl partiyasi raisi Tansu Chillerga emas, Mesut Yilmazga berdi.

Shuningdek, Erbakan 1998-2001-yillarda Fazilet Partisida ishlagan. 2001-yilda Saadet Partisiga asos solgan.

Yoʻqolgan trillion daʼvosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erbakan 1998-yilda Refah partiyasining ajratgan 1 trillion turk lirasini ishlatib yuborgan degan daʼvo bilan 2002-yil 6-mart kuni 2 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Ushbu daʼvo Turkiya tarixiga „Yoʻqolgan trillion daʼvosi“ nomi bilan yozilgan. 2003-yil fevralida 5 yillik siyosiy taʼqiqi tugagan Erbakan 2003-yilning 11-mayida Saadet partiyasi raisi etib saylandi. 2003-yil 3-dekabrda uning hukmi Oliy sud tomonidan oʻz kuchida qoldirildi. Oliy Apellyatsiya sudi Bosh prokuraturasi „Yoʻqolgan trillion ishi“ boʻyicha sudlanganligi aniqlangan Erbakan va 6 nafar shaxsni partiya aʼzoligidan chiqarish va partiyadagi vazifalaridan ozod etishni talab qilganida Erbakan 2004-yil 30-yanvarda Saadet partiyasi prezidentligi va partiya aʼzoligidan isteʼfoga chiqdi.

Olingan tibbiy xulosaga koʻra qatl etilishi ortga surilgan Erbakan 2008-yilning aprel oyida Turkiya Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra jazo uy qamogʻiga almashtirilgan. Erbakan uy qamogʻida boʻlgan paytda, Sud Tibbiyot Institutining „doimiy kasallik“ hisobotiga koʻra, 2008-yil 19-avgust kuni Prezident Abdullah Gül tomonidan afv etildi.

U 2010-yil 17-oktabrda Saadat partiyasi raisi etib qayta saylandi. Ayni paytda uning sogʻligʻi yomonlashdi.

Necmettin Erbakanning Merkezefendi qabristonidagi qabri.

2011-yilning 19-yanvarida oyogʻidagi qon tomirlarining takroriy yalligʻlanishi tufayli shifoxonada reanimatsiyaga yotqizilib, bir muddat davolanib, koʻp oʻtmay kasalxonadan chiqarilganidan soʻng, Anqaradagi Güven kasalxonasida intensiv terapiya ostida boʻlgan barcha muolajalarga qaramay, nafas olish va yurak yetishmovchiligi, yurak va koʻp organ yetishmovchiligi tufayli 2011-yil 27-fevral kuni ertalab soat 08.50 da shifokorlar tomonidan koʻrikdan oʻtkazilganda yurak tomirlari xastaligi tufayli hushini yoʻqotib, komaga tushib qolgan va shifokorlarning hayotiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan barcha aralashuvlariga qaramay, soat 11.40 da vafot etgan[14].

Uning vasiyatiga koʻra, rasmiy davlat marosimi oʻtkazilmagan va 2011-yil 1-mart seshanba kuni Anqaradagi Xoji Bayram masjidida janoza namozi oʻqilganidan soʻng, janozasi Istanbulga olib kelingan va peshin namozidan keyin Zeytinburnu Merkezefendi qabristoniga dafn etilgan. Uning qabriga yaqinlari tomonidan Turkiyaning turli mintaqalaridan olib kelingan yerlar bilan birga Quddus, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Bosniya rahbari Aliya Izzetbegovichning qabridan olib kelingan tuproqlar sepilgan.

Dafn marosimida Prezident, Parlament raisi, Bosh vazir, vazirlar, deputatlar, Turk Qurolli Kuchlari aʼzolari, elchilar, shahar hokimlari va partiya aʼzolari bilan bir qatorda, 60 davlatdan jamoat va harakat yetakchilari va vakillari qatnashdi, janoza namozi ikki milliondan ortiq kishi tomonidan oʻqildi va jasadi oilaviy qabriston joylashgan Merkezefendi qabristoniga dafn qilindi[15].

Dunyo qarashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nejmettin Erbakan milliy qarash sifatida ifodalagan siyosiy-diniy mafkuraviy tushunchaning asoschisi sifatida tanilgan.

Yozgan kitoblari[16]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Arkasındakilerle ve Türkiye’nin Kayıplarıyla Darbe
  • İslam Birliği
  • Davam Ne Yaptıysam Allah Rızası İçin Yaptım
  • Milli Görüş İktidarı: Niçin ve Nasıl
  • İslam ve İlim
  • Adil Ekonomik Düzen
  • Yeni Bir Dünya ve Adil Düzen
  1. „13 Aralık 2010 - Aksiyon dergisi röportajı: “Bir yanımız anne tarafından Çerkes”“. 8 ocak 2014da asl nusxadan arxivlangan.
  2. Soner Yalçın, Erbakan, Kırmızı Kedi Yayınevi, Şubat 2013. ISBN 978-605-5340-86-5.
  3. Paşadan Necmettin Erbakan'a ağır itham (Wayback Machine saytida 2014-01-08 sanasida arxivlangan), gazete5.com
  4. „Prof. Dr. Necmettin Erbakan (1926-2011):Akademisyen, Siyasetçi ve Devlet Adamı“. 17 haziran 2013da asl nusxadan arxivlangan.
  5. Erbakan'ı Nasıl Bilirdiniz? (Wayback Machine saytida 2014-03-21 sanasida arxivlangan), bianet.org/
  6. „Saadet Partisi Resmi Web Sitesi.“. 13 ekim 2011da asl nusxadan arxivlangan.
  7. 7,0 7,1 „Millî Görüş Partileri Tarihi“. 13 ekim 2011da asl nusxadan arxivlangan.
  8. „3 darbe 1 cenaze“. 2 temmuz 2011da asl nusxadan arxivlangan.
  9. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „12 Eylül Belgeseli 1. Bölüm: Renklerin Çatışması“.
  10. „12 Eylül Belgeseli 2. Bölüm: Kıbrıs'tan Cepheleşmeye“. 20 aralık 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Ünlü Kudüs Mitingi hakkında en çarpıcı açıklama!“. 18 haziran 2014da asl nusxadan arxivlangan.
  12. Hoca’yı askeri ihtilalin geldiğine inandıramadım[sayt ishlamaydi]
  13. Yüksel Taşkın, Suavi Aydın. 1960'tan Günümüze Türkiye Tarihi. İstanbul: İletişim Yayınları — 358-bet. ISBN 978-975-05-1462-3. 
  14. „Yeni Şafak Gazetesi Haberi.“. 13 ekim 2011da asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Arşivlenmiş kopya“. 8-martda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Necmettin Erbakan Kimdir Özgeçmişi - Biyografisi l TESPİT (Wayback Machine saytida 2019-04-21 sanasida arxivlangan). 14 Mart 2019. 21 Nisan 2019 tarihinde arşivlendi. Erişim 21.04.2019