[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Nazzom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nazzom (taxallusi; asl ismi Ibrohim bin Sayyor bin Xoniy) (?, Balx — taxminan 845) — arab faylasufi. Basrada taʼlim olgan. Koʻp asarlar yozgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Uning baʼzi falsafiy fikrlari bilan Abu Man-sur al-Bagʻdodiy, Shahristoniy, Azad-Din al-Ijiy, Nasriddin Tusiy va boshqalarning asarlari orqali tanishish mumkin. U yunon falsafasini yaxshi bilgan. Eron va Hindiston diniy va falsafiy taʼlimotlaridan xabordor boʻlgan. N. Sharqning yirik mutafakkiri, muʼtaziliylar tarafdori boʻlib, oʻz falsafiy maktabi — nazzomiylikni yaratgan. U erkin fikrni yoqlab chiqqan, anʼanaviy islomning baʼzi qoidalari bilan kelisha olmagan, diniy xurofotlarga, taqdir toʻgʻrisidagi aqidaga qarshi chiq-qan. N. Allohni vahdati vujud taʼli-moti asosida talqin qilgan. Uning fikricha, dunyodagi oʻzgarishlar moddiy zarralarning cheksiz harakati natijasida sodir boʻladi, moddiy dunyodagi jarayonlarga xudo aralashmaydi. N. barcha masalalarni akl yordamida hal qilish tarafdori boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil