[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyasi. „Oʻzbekenergiya“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan. 1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962-yil fevralda ishga tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi, ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi.

St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta blok), 8 bugʻ qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm. bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi.

Navoiy issiklik elektr stansiyasie.s. Oʻzbekistonning gʻarbiy-jan. hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan asosiy manbadir. St-ya Qizilqumdagi togʻ-kon va gaz sanoati korxonalariga, Navoiy „Elektrkimyozavodi“, „Qizilqumsement“ korxonasiga, AmuBuxoro, Qarshi magistral kanallaridagi nasos stansiyalariga, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon shaharlari isteʼmolchilariga elektr energiyasi beradi. Shuningdek, Navoiy shahridagi korxonalarni va kommunal-maishiy ehtiyojlarni issiq suv bilan taʼminlaydi. Elektr styasi kuchlanishi 220 ming voltli elektr uzatish liniyalari bilan Urganch shahridagi taqsimlash qurilmasi orqali Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasiga, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand shaharlaridagi taqsimlash qurilmalari orqali Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi („Energiya“ birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2002-yilda 5931,5 mln. kVt-s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 3042 ming Gkal issiklik yetkazib berildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil