[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Membrana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Membrana (lotincha membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk kontur (perimetr) boʻylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan plastinka. Turlicha bosimli ikki boʻshliqni yoki ayrim boʻshliq (hajm)ni umumiy boʻshliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bosim oʻzgarishlarini chiziqli siljishlarga va, aksincha, aylantirish uchun moʻljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato va boshqalar) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparatlarning tarkibiy qismi. U manometrlarsa sezgir element, nasos larda zichlash qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va boshqa asboblarda ham qoʻllanadi; 2) elastiklik nazariyasida — kontur boʻylab mahkamlangan egiluvchan yupqa plastinka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi. Osma tizimlarda koʻtaruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas, undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. M. choʻzilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga qarab hisobga olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Membrana soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.