[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Marie Tussaud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Anna Maria "Marie" Tussaud (Fransuzcha talaffuzi:[maʁi tyso]; née Grosholtz; 1 Dekabr 1761 – 16 Aprel 1850) Xonim Tyusso nomi bilan mashhur bo'lgan fransuz rassomi, Londonda asos solgan Madame Tussauds muzeyi va mum haykallari bilan mashhur.

Maria Tyusso
Tavalludi Maria Anna Grosholtz
Dekabr 1, 1761
Strasbourg, Fransiya
Vafoti Aprel 16, 1850
London, England
Kasbi Mum haykaltaroshlik
Fuqaroligi Fransiya

Maria Tyusso 1761-yil 1-dekabrda Fransiyaning Strasburg shahrida tug‘ilgan[1]. Uning otasi Jozef Grosholts Mari tug'ilishidan ikki oy oldin Yetti yillik urushda vafot etadi. Olti yoshida onasi Anne-Maria Valder uni Shveytsariyaning Bern shahriga olib ketdi. U yerda oila mahalliy shifokor Filipp Kurtiusning uyiga ko'chib o'tdi va Mari uy xizmatchisi bo'lib ishlay boshladi.[2]

Maria amakisidek ko'rgan Kurtius mum modellashtirishda mohir edi. U dastlab anatomiyani tasvirlash uchun bu iste'doddan qo'llagan, ammo keyinchalik haykaltaroshlikda ham mumdan foydalangan. Kurtuis 1765-yilda Cabinet de Portraits En Cire (Mum portret firmasi) tashkil etish uchun Parijga ko‘chib o‘tdi.[3] O'sha yili u Lyudovik XIV ning so'nggi bekasi xonim du Barrining mum haykalini yasadi, bu mum haykal hozirda namoyish etilayotgan eng qadimgi mum asari hisoblanadi. Bir yil o'tgach, Tyusso va uning onasi Parijda Kurtiusga yordamga boradi. Kurtiusning mum ishlarining birinchi ko'rgazmasi 1770-yilda namoyish etilgan va omma e'tiborini jalb qilgan. 1776-yilda Kurtiusning kor'gazmasi Palais-Royalga ko'chadi va u 1781-yilda Marianing Chamber of Horrors (Daxshatlar Palatasi) ko'rgazmasi shakllanishiga ta'sir ko'rsatkan Caverne des Grands Voleurs (Katta o'g'rilar g'ori) mum asarlari to'plamini yaratdi.[4]

Kurtius Tyussoga mumni modellashtirish san'atini o'rgatgan. U mum haykaltaroshlikka iqtidori borligini namoyon etadi va Kurtuis uchun rassom sifatida ishlay boshlaydi. 1777-yilda u o'zining birinchi ishi hisoblangan Volterning mum haykalini yaratadi. 1780-yildan 1789-yildagi inqilobgacha Tyusso faylasuf Jan-Jak Russo, Benjamin Franklin va Volter kabi taniqli kishilarning eng mashhur portretlarini yaratdi.[5] Uning tarjimayi holida aytilishicha, bu davrda Tyusso Lyudovik XVI ning singlisi Elizabethga nazr qilishni o'rgatish uchun ishga kirgan. O'z yodnomalarida u malika, uning akasi va saroyi a'zolari o'rtasidagi shaxsiy suhbatlardan xabardor bo'lganini tan oladi. U, shuningdek, qirollik oilasi a'zolari uning ishidan juda mamnun bo'lganligi sababli, uni Versalda yashashga taklif qilishgan va u yerda Tyusso 9 yil mobaynnida istiqomat qilgan, ammo bularni tasdiqlash uchun zamonaviy dalillar mavjud emas.[6]

Buyuk Fransuz Inqiliobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1789-yil 12-iyulda Kurtius tomonidan tayyorlangan Jaques Necker va D'Orlean gersogining mumdan yasalgan boshlari Bastiliyaga hujumdan ikki kun oldingi norozilik marshida namoyish qilingan.[5]

Tyusso qirollik tarafdori sifatida qabul qilingan[6]; Ommaviy terror paytida Tyusso Jozefina Bonapart bilan birga hibsga olingan va qatl qilishga tayyorlangan. Uning so'zlariga ko'ra, Kurtius va uning yaqinlarini qo'llab-quvvatlagan Kollot d'Herbois tufayli ozod qilingan.[3] Tyusso o'shanda u inqilobning mashhur qurbonlari, jumladan Lyudovik XVI, Mari Antuanetta, malika de Lamballe, Marat[5] va Robespierning mum figuralarini o'lim niqoblari sifatida yasaganini aytadi.

Kurtius 1794-yilda vafot etdi va o'z mum asarlari to'plamini Tyussoga qoldirdi. 1795-yilda Tyusso qurilish muhandisi Fransua Tyussoga turmushga chiqadi va uchta farzandli bo'lishadi: Jozef hamda Frensis (va qizi tug'ilganda vafot etadi).[6]

Buyuk Britaniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maria Tyusso Avtoportreti

1802-yilda Tyusso o'zining portretlar to'plamini taqdim etish uchun o'sha paytda to'rt yosh bo'lgan o'g'li Jozef bilan Londonga boradi. U fantasmagoriya kashshofi Pol Filidordan o'z ishini Litsey teatrida Polning namoyishi bilan birga taqdim etish taklifini qabul qildi. Tyussoning moliyaviy ahvoli unchalik yaxshi emasligi tufayli 1803-yilda Edinburgga jo'nab ketdi.[7] Napoleon urushlari natijasida Tyusso Fransiyaga qaytib kelolmadi, shuning uchun u o'z kolleksiyasi bilan Britaniya orollari bo'ylab sayohat qildi. 1822-yilda oilaviy biznesga qo'shilgan o'g'li Frensis bilan yana birlashdi. Uning eri Fransiyada qoldi va ikkovi bir-birlarini boshqa ko'rmadilar.[6] 1825-yil noyabr oyida uning gastrol ko'rgazmasi Visbech Gruziya teatrida (hozirgi Angles teatri) bo'lib o'tkan. 1835-yilda, 33 yillik Britaniya boʻylab sayohatdan so'ng, u Beyker-strit bozorining yuqori qavatida oʻzining birinchi doimiy koʻrgazmasini tashkil qiladi.[2] 1838-yilda u o'z tarjimayi holini yozadi. 1842-yilda yaratgan avtoportreti hozir o'z muzeyining kirish qismida namoyish etilmoqda. Tyussoning o'zi tomonidan yaratilgan ba'zi mum haykallar hali ham saqlanib qolgan. U 1850-yil 16-aprelda 88 yoshida Londonda vafot etdi. Avliyo Meri Rim-katolik cherkovining o‘ng tomonida, London, Kadogan ko‘chasida xonim Maria Tyusso xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik toshi mavjud.[8]

Mari Tyussodan so'ng, o'g'li Frensis ko'rgazmaning bosh rassomi bo'ldi, keyin esa Frensisning o'gli va undan keyin nabirasi muzey boshqaruvida bo'ldi. [9]

Madam Tyusso mumi muzeyi hozirda Londonning asosiy turistik diqqatga sazovor joylaridan biriga aylandi va Amsterdam, Istanbul, Pekin, Bangkok, Berlin, Blekpul, Sidney, Gonkong, Uxan, Las-Vegas, San-Fransisko, Chongqing va boshqa shaharlardagi filiallari bilan kengaytirildi.

2018-yilda Edvard Keriy Mari Tyusso hayoti va uning ishlariga bag'ishlangan Little (Kichik) nomli asar yozdi.

  1. „Biography of Marie Tussauds“ (1998-yil 20-iyul). 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Pamela M. Pilbeam. Madame Tussaud: And the History of Waxworks. 
  3. 3,0 3,1 „Oxford dictionary of National Biography“ (2004-yil 23-sentyabr). 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Antoine Lilti. The Invention of Celebrity. 
  5. 5,0 5,1 5,2 Madame Tussaud: the astounding tale of survival behind the woman who made history. The Guardian, 04.10.2018. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Facts about Marie Tussaud“ (2018-yil 21-may). 2022-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  7. Emma McEvoy. Gothic Tourism. 
  8. Scott Wilson. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3 — 762--bet. 
  9. „Marie Tussaud“ (2017-yil 26-dekabr). 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.


Diqqat: "Maria_Tyusso" boshlang'ich saralash kaliti oldingi "Marie Tussaud" boshlang'ich saralash kalitini qayta aniqlayapti.