[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Manipur tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manipur tili, manipuri - Shimoliy -Sharqiy Hindistondagi tillardan biri, tibetbirma tillari guruhiga mansub. Asosan, Manipur shtatida, shuningdek, Assom, Tripur shtatlarida va Bangladesh, Myanma davlatlarida tarqalgan, unda taxminan 1 mln. 650 ming kishi soʻzlashadi (2001). Manipur tili fonetikasining oʻziga xosligi unda 2 xil undoshlar tizimining (ayni shu tildagi va bengal, assom tillaridan oʻzlashgan) mavjudligidir; grammatik jihatdan bu til agglyutinativdir. Otlar va feʼllarning oʻzak morfemalari va barcha qoʻshimchalar bir boʻgʻinli. Grammatik jins kategoriyam! mavjud emas. Gapda ega avval, kesim ke-yin, toʻldiruvchi esa ular oʻrtasida keladi. Manipur tilida 7 ta lahja boʻlib, ular deyarli oʻrganilmagan; Manipur poytaxti Impxal shahrining laxjasi adabiy tilga asos boʻlgan. Adabiy til bilan jonli soʻzlashuv tili oʻrtasida muayyan farqdar bor. Manipur tili yozuvi qadimdan brahmiga asoslangan boʻlsada, 18-asrdan u bengal yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil