[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Mangazeya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mangazeya – Gʻarbiy Sibirning shim.-gʻarbida, Taz daryosi boʻyida joylashgan qad. rus shahri (17-asr). Nomi – mangazeya yoxud molkanzeya degan nenets qabilasi joylashgan yer nomidan olingan. 17-asr boshida M. ruslarni Shimoliy Sibir, Yenisey va Lena daryolari havzalarini egallashlarida tayanch punkti boʻlib xizmat qilgan. 17-asrning 20-yillari boshida unda 2 ming aholi yashagan. Gʻarbiy Yevropa savdo kompaniyalarining moʻynaga boy rayonlarga kirish yoʻlini toʻsish maqsadida 1619-yil M. orqali suzish taqikdangan. M. aholisi ne-netslar va boshqa bilan ayirboshlash savdosini yuritgan, suvsar, baliqchilik, chorvachilik, kemasozlik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Rus savdogarlari ham moʻyna olib ketishgan. 17-asr oʻrtalarida Yenisey havzasining shim. qismida moʻynali hayvonlar qirilgan. Natijada M.ning.iqtisodiy ahamiyati pasaya borgan. Markazi Yeniseydagi Turuxan manziliga koʻchirilgan. 1672-yil bu yerda Yangi M. (hozirgi Krasnoyarsk tarkibidagi rayon markazi) shahri qad. koʻtargan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil