[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Lonjeron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lonjeron (frans. longeron, longer — boʻylama yurish) — muhandislik inshootlari, uchish va harakatlanish qurilmalari (koʻpriklar, samolyotlar, avtomobillar, vagonlar, kemalar va boshqalar) ning asosiy kuch tushadigan qismi. Konstruksiyasining uzunligi boʻyicha (boʻylamasiga) joylashadi. Masalan, uchish apparatida — samolyot qanoti, fyuzelyajidagi va vertolyotning koʻtaruvchi vinti parragidagi L. (koʻndalang toʻsin) konstruksiyaga mustahkamlik, bikrlik beradi; avtomobilda — L. avtomobil ramalarining boʻylama toʻsini; unga dvigatel, yurish qismi, kuzov, bamper (bufer) lar va boshqa mahkamlanadi. L. tavrsimon, qutisimon, shvellersimon va quvursimon kesimli boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil