Oswald Külpe
Qiyofa
Oswald Külpe (1862.3.8, Kandau, Kurlyandiya — 1915.30.12, Myunxen) — nemis psixologi va faylasufi, Vyursburg maktabi asoschisi. 1894—1909-yillarda Vyursburgda, 1912-yildan Myunxenda professor, tanqidiy realizm namoyandasi. "Psixologiya ocherklari" (1893) asarida V. Vundga yaqin gʻoyalarni targʻib qildi. Assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdi va sinaluvchilarni oʻzini oʻzi kuzatish metodiga oʻrgatish mumkinligini isbotlashga intildi. Tafakkurning mazmuni va mohiyatini zudlik bilan fikr obʼyektiga tushirish va uzatish mumkin emas, degan xulosaga kelgan. Uningcha, tafakkur bilishning yuqori, aql-idrokka asoslangan bosqichi boʻlishiga qaramay, sezgilar kabi birlamchidir. "Falsafaga muqaddima" va boshqa asarlar yozgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |