[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ornitologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ornitologiya (yun. ornithos — qush va ... logiya) — umurtqalilar zoologiya-sining qushlarni oʻrganadigan boʻlimi. O. qushlarning ekologiyasi, biologiyasi, sistematikasi, morfologiyasi, fizio-logiyasi, biogeografiyasi, evolyusiyasi va amaliy ahamiyatini oʻrganib, bu maʼ-lumotlardan umum biologik va insoni-yatning amaliy faoliyati bilan bogʻliq muammolarni hal etishda foydalanadi. "O." terminini fanga 16-asr oxirida ita-lyan naturalisti U. Aldrovandi kiritgan. Qushlarga bagʻishlangan birinchi asar "Hayvonlar tarixi"ni Aristotel (miloddan avvalgi 384—322 yillar) yozgan; u 170 tur qushning tuzilishi va hayotini tasvirlab bergan. Oʻrta asrlarda lochinlar yordamida ov qilishga qiziqish ancha kuchayganligi tufayli germaniyalik F. Gogenshtaufenning "Qushlar bilan ovlash sanʼa-ti haqida" asari dunyoga keldi. Asar qushlar toʻgʻrisidagi bilimlarni birmuncha kengaytirdi. 16-asrdan boshlab qushlarning anatomik tuzilishi, biologik tas-nifi, hayot tarziga oid maʼlumotlar toʻplanib boradi. Shvedtabiatshunosi K. Linney qushlar sistematikasi va feno-logiyasini oʻrganishga asos soldi. 19-asrda ayrim hududlar faunasini oʻrganish, qushlarning sistematikasi, evolyusiyasi va Yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini oʻrganish sohasidagi ishlar O.ning yanada rivojlanishiga olib keldi. 20-asrning birinchi yarmidan boshlab qushlarning ekologik va etologik xususi-yatlari, turlararo munosabatlari, migratsiyasi oʻrgana boshlandi. 20-asrning birinchi yarmidan tadqiqotlarning yangi eksperimental va dalada ishlash metodlari ishlab chiqilishi tufayli O. soha-sidagi tadqiqotlar biosfera va ekolo-giyaga oid muammolarni ilmiy nuktai nazardan hal etishda boshqa fanlar orasida mustahkam oʻrin egallaydi. Qushlarni oʻrganish borasida xalqaro hamkorlikning yoʻlga koʻyilishi O.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1884-yilda O. soxasidagi ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlarni muvofiklashtirish mak,-sadida Xalqaro ornitologlar komiteti tuzildi. Xalqaro, mamlakatlar va regi-onlar miqyosida konfesslar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etila boshlandi. Hozirgi 200 dan ortiq ornigologik jur.lar qushlarning hayoti va tabiat muhofazasiga oid maʼluotlarni berib boradi. Turkiston qushlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 19-asrning 1-choragida paydo boʻla boshlagan. Lekin O. sohasidagi fundamental tadqiqotlar faqat 20-asrdan boshlandi. 20-asrning 2-yarmida Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston faunasi", "Oʻzbekiston qushlari" kabi yirik monografik asarlar, "Qushlar ensiklopediyasi", "Osiyoda qushlar mifatsiyasi" va boshqa bir qancha yirik toʻplamlar nashrdan chiqarildi. Respublika orni-tologlari xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan hamkorlikda biologik xilma-xillikni sakdash, biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan okdlona foydalanish borasida yirik tadqiqotlar olib borishmokda. Mamlakatda or-nitologik tadqiqotlar, asosan, Oʻzbe-kiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida va oliy oʻquv yurtlari qoshidagi zoologiya kafed-ralarida olib boriladi.

Elmurod Shernazarov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil