[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Jabal Saraj tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jabal Saraj yoki Jabal as-Sirāj (dariycha: ولسوالی جبل سراج) Afgʻonistonning poytaxti Kobul shimolida joylashgan Parvon viloyatining tumani. Bu tuman Chorikar, Gulbahor va Salang dovoni yaqinida joylashgan boʻlib, atrofi togʻlarning baland choʻqqilari bilan oʻralgan. Yozda Kobul va boshqa viloyatlardan odamlar Jabal Sarajga dam olish uchun kelishadi. Poytaxti — Jabal Saraj shahri.

Jabal Saraj Afgʻonistonning tarixiy qishlogʻi boʻlib, u qirol Habibulloh tomonidan 20-asr boshlarida shunday nomlangan. Bu tuman qirolning sevimli diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgani sababli, u yerda maxsus yozgi saroy ham mavjud boʻlgan. Jabal Saraj iqtisodiyoti 1937-yilda qurilgan toʻqimachilik fabrikasi, sement zavodi va qishloq xoʻjaligiga tayanadi. 1907-yilda qurilgan hashamatli tarixiy saroy 2019-yilda qayta qurilib, Museum of Afghan Jihad and Resistance (Afgʻoniston jihodi va qarshilik koʻrsatish) muzeyi sifatida ochilgan[1][2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisining koʻp qismini tojiklar, asli Kunar, Tagʻob, Kapisa, shuningdek, Mir va Xoja arablaridan kelib chiqqan oz sonli Safiylar tashkil qiladi.

  1. „President Ghani Pays Visit to Parwan“ (28-noyabr 2019-yil).
  2. Tanha, Ahmad Fareed. „President renames Jabal Alsaraj Palace in Parwan“ (27-noyabr 2019-yil).