[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Izonitrillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izonitrillar (izotsianidlar, karbilaminlar) — umumiy formulasi RNC (bu yerda R — organik radikal) boʻlgan organik birikmalar, sianid kislota hosilalari, nitrillar izomerlarining I. nitrillaridan farqi shuki, ularda CN gu-ruhi organik radikal bilan azot orkali bogʻlangan: R—NsC; nitrillarda esa organik radikal bu guruh bilan uglerod orqali bogʻlangan boʻlib, R—C=N tartibida joylashgan. Galogenalkillar bilan kumush sianidning oʻzaro almashi-nishidan va b. yoʻllar bilan olinadi. Masalan, CH3I+AgCN->CH,NC+AgI. Oddiy I. qoʻlansa hid chiqarib, tubidan qaynaydigan suyuqliklardir. I. mineral kislotalarning suvdagi eritmasida gidrolizlanib, birlamchi aminlar va chumoli kislota hosil qiladi.

I. organik sintezda muhim oraliq mahsulot boʻlib, turli geterotsiklik birikmalar, peptidlar va b. olishda, birlamchi aminlarning sifat anali-zida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil