[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Isabelle Chartrand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isabelle Chartrand
Tugʻilgan joyi 20-aprel 1978-yil (1978-04-20) (46 yosh)
Anjou, Quebec, Kanada
Boʻyi 5 ft 5 in (165 cm)
Ogʻirligi 135 lb (61 kg; 9 st 9 lb)
Pozitsiyasi Himoya
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap
Oʻynagan jamoalari DEC Graz
EHV Sabres Vienna
HC Tornado
St. Lawrence Saints
Laval Le Mistral
Milliy jamoa  Kanada
Jamoalardagi faoliyat 1995—2010

Isabelle Chartrand (talaffuzi: Izobel Chartrand; 1978-yil 20-aprelda tugʻilgan) — kanadalik isteʼfodagi xokkey himoyachisi. Xokkey boʻyicha Kanada milliy terma jamoasi aʼzosi sifatida 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Olimpiya oltin medali va 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Chartrand bolaligida ringet oʻynashni boshlagan, keyin xokkeyga oʻtgan. 16 yoshida Quebec jamoasi aʼzosi edi. 1995-yilgi Kanada qishki oʻyinlarida jamoasi bilan xokkey boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritdi[1]. Toʻrt yil oʻtgach, Esso milliy chempionatida Quebec jamoasi bilan oltin medalga sazovor boʻldi 1998—1999- va 1999—2000-yillarda Milliy ayollar xokkey ligasi vakili Laval Le Mistral bilan ikki mavsum oʻynadi.

2002-yilgi Olimpiada oldidan Chartrand New Yorkning Canton shahridagi St. Lawrence universitetida tahsil olgandi. ECAC xokkey konferensiyasida St.Lorens Saints ayollar xokkey dasturining aʼzosi sifatida Chartrand 2001-yil 15-yanvarda haftaning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb topildi[2]. U St. Lawrence universitetidan Olimpiya oltin medaliga ega boʻlgan uchta sportchidan biri; qolganlari Ed Rimkus va Jina Kingsberi[3].

Xalqaro oʻyinlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chartrand 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan[4]. Chartrand jamoaning eng yosh aʼzolaridan biri edi. 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada jamoasi bilan final oʻyinida ikkita gol va golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa oltin medalni qoʻlga kiritdi[5].

Bundan oldiin Kanada jamoasi bilan 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medal olgan. Shuningdek, Kanada ayollar milliy xokkey jamoasi aʼzosi Chartrand 2002-yilda FIRS Inline xokkey boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

  1. „Archived copy“. 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2011-yil.
  2. Canadian Gold 2002, p. 116, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002
  3. „Archived copy“. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2010-yil.
  4. Canadian Gold 2002, p. 116, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002
  5. Canadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002