[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ilya Erenburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilya Grigoryevich Erenburg [1891.14(26).1, Kiyev 1967.31.8, Moskva] — rus yozuvchisi. 1908-yil oxiridan boshlab Parijda muhojir boʻlib yashagan. Adabiy ijod bilan shugʻullanib, "Men yashayapman" (1911), "Oddiy kunlar" (1913), "Bolalik" (1914), "Arafa haqida sheʼrlar" (1916) sheʼriy toʻplamlarini nashr etgan. 1917-yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga qaytib kelgan, ammo Oktabr toʻntarishini qabul qilmagan. Uning shu davr va 20-yillar voqeligidan olgan taassurotlari "Rossiyani duo qilib" (1918), "Alanga" (1919), "Arafa", "Oʻylar" (1921), "Xorijdagi oʻylar", "Nurab borayotgan muhabbat" (1922) va boshqalar toʻplamlarida oʻz aksini topgan.

E. 1921-yilda Berlinga muhojirlikka ketib, "Xulio Xurenito va shogirdlarining gʻayrioddiy sarguzashtlari" (1922), "Ikkinchi kun" (1933), "Parijning ishgʻol etilishi" (1940) va boshqalar romanlarini yozgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy muxbir sifatida eʼlon qilgan maqolalari bilan shuhrat qozongan. E.ning "Boʻron" (1946—47), "Poʻrtana" (1951—52) romanlari va "Iliqlik" (1954—55) qissasida urushdan keyingi xalqaro maydonda, shu jumladan, sovetlar mamlakatida kechgan siyosiyijtimoiy voqealar badiiy mujassamlantirilgan. E.ning 6 kitobdan iborat "Odamlar, yillar, hayot" (1961—65) memuar asarida 20-asr tarixining yozuvchi guvoh boʻlgan sahifalari tasvir etilgan.

E. 50-yillardagi "sovuq urush" yillarida tinchlik uchun olib borilgan xalqaro harakatda Jahon Tinchlik Kengashi vitseprezidenti sifatida faol qatnashgan. Asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan.

  • Boʻron, T., 1958; Sobraniye sochineniy, t. 1—9, M., 1962—67; Stixotvoreniya, L., 1977; Letopis mujestva. Publitsisticheskiye stati voyennmx let, M., 1974.
  • Trifonova T.K., Ilya Erenburg, M., 1954; Vospominaniya ob Ili Erenburge, M., 1975.