[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Ibn Tumart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IBN TUMART, Muhammmad ibn Abdurahmon (1078 yoxud 1081-1130) — Shimoliy Afrikadagi al-"Muvahhidun" harakati rahbari va sulolasi asoschisi. Susa (Janubiy Marokash)da tug‘ilgan. Ko‘pgana muarrixlar uning shajarasini Ali ibn Abu Tolib (kv)ga bog‘laydilar, biroq Ibn Xaldun uni barbarlardan hisoblaydi. 1106 yil Ibn Tumart Qurtubaga kelib fiqh bilan mashg‘ul bo‘lgan, 1108 yilda Iskandariyada mashg‘ulotini davom ettirgan, bir muncha vaqt Bag‘dodda tahsil olgan. Sharkda Ibn Tumart ash’ariylarning izchil izdoshi bo‘lgan, hadislarga tayanmay mustaqil hukm chiqarishga qarshi chiqqan. Dinni poklash, uning asl, ilk manbalariga qaytish (usul) haqidagi vaʼzlari natijasida uni Bijayndan quvg‘in qilishgan. 1120 yil Marokashda al-Muvahhidun amiri Ali ibn Yusuf (1106) Ibn Tumart bilan mahalliy ulamolar o‘rtasida munozara uyushtirgan. Ulamolarning Ibn Tumart qarashlariga bo‘lgan noroziligi shu qadar bo‘lgan-ki, u hibsga olinishdan zo‘rg‘a qutilib qolgan. Shundan eʼtiboran Ibn Tumart dinni poklash shiori ostida „al-Muvahhidun“ga qarshi ochiqtsanochiq siyosiy qarshi chiqqan (11-asr o‘rtasi — 1147). Uni ko‘plab barbar qabilalari qo‘llabquvvatlashgan. Uch yillik urushdan so‘ng u Nfis daryosining yuqori oqimidagi tog‘li Tinmalal qal’asi (Marokashdan 75 km janubida)da o‘rnashib olgan. U har tomondan Muhammad (sav)ga o‘xshashga daʼvo qilgan. Tinmalalga ko‘chishni hijrat, yaqin safdoshlarini — ashoblar deb atagan va boshqalar. Oʻzini gunohlardan xoli imom va Mahdiy deb atagan. 1130 y. Marrokashni 6 kun muvaffaqiyatsiz qamal qilgach, I. T. qo‘shini tor-mor keltirilgan, bir ozdan so‘ng o‘zi ham vafot etgan. Uning vafot etganini yaqin do‘sti va yordamchisi Abdulmo‘min harakatga rahbarlikni o‘z qo‘liga olgunga qadar (1132 y.) yashirishgan. I. T.ning Tinmalaldagi qabri 16-a.gacha ziyoratgoh bo‘lgan

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004