[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Inersiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inersiya (lotincha: inertia — harakatsizlik), inertlik — moddiy jismning xossalaridan biri. Shu xossasi tufayli jism tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlay oladi. Inersiya tufayli jism tashqi kuch taʼsirida tezligini birdaniga oʻzgartira olmaydi. Inersiya jismning massasiga boglik, shu sababli jism massasi uning inersiya oʻlchovi deyiladi (qarang Nyutonning mexanika qonunlari). Inersiya atamasi turli asboblarga nisbatan ham qoʻllanadi, masalan, oʻlchov asboblarining kechikib qayd qilishiga sabab inersiyadir.

Inersiya bosh oʻqlari. Markazdan qochma inersiya momentlari nolga teng boʻlgan oʻqlar inersiya bosh oʻqlari deyiladi. Fazodagi har bir nuktadan jism uchun uchta inersiya bosh oʻqi oʻtkazish mumkin. Agar inersiya bosh oʻqlari massa markazidan oʻtsa, bu oʻqlar markaziy bosh oʻqlar deyiladi. Aylanayotgan jism oʻz aylanish oʻqiga dinamik bosim koʻrsat-masligi uchun shu aylanish oʻqi inersiya markaziy bosh oʻqi boʻlishi zarur.

Inersiya kuchi. Harakatdagi moddiy nuqta tezlanishiga qaramaqarshi yoʻnalgan va shu moddiy nukta massasi bilan tezlanishining koʻpaytmasi (Gʻ = —tyu) inersiya kuchi deyiladi. Bu yerda tezlanish inersial koordinatalar sistemasiga nisbatan olingan. Mas, matematik mayatnikda markazdan krchma inersiya kuchi moddiy nuqta harakatini cheklovchi ipga qoʻyilgan boʻlib, mv ga teng; bu yerda v — moddiy nukta tezligi, g— mayatnikuzunligi. Inersiya kuchi tushunchasidan foydalanib, dinamika tenglamalari tuziladi, statika qonunlaridan dinamikada foydalanish mumkin. Moddiy nuqtaning nisbiy harakati koʻrilayotganda ham inersiya kuchi tushunchasidan foydalaniladi.

Inersiya markazi yoki massa markazi. Jismda yoki mexanik sistemada massa taqsimotini ifodalovchi nuqta koordinatalari inersiya markazi deyiladi. Inersiya markazi, koʻpincha, massa markazi ham deyiladi. Inersiya markazi mexanik sistema dinamikasida katta rol oʻynaydi. Sistemaga tegishli moddiy nuqtalar harakat miqdorlarining geometrik yigʻindisi sistema massasi bilan inersiya markazi tezligi koʻpayt-masiga teng . Inersiya massasi sistema massasiga teng moddiy nuqtadek harakatlanadi. Inersiya markaziga qoʻyilgan kuch sifatida tashqi kuchlar bosh vektori olinadi.

Inersiya radiusi — jismning biror oʻqqa nisbatan hisoblangan inersiya momentini jism massasiga boʻlgan kvadrat ildizdan chiqarishdan hosil boʻladigan uzunlik: r = J— . Inersiya radiusi inersiya yelkasi ham deyiladi. Massasi jism massasiga teng boʻlgan kovak silindr radiusini inersiya radiusi deyish mumkin. Shar markazidan oʻtgan oʻqqa nisbatan inersiya radiusi R = h0> 4L; R — shar radiusi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil