[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Imron Xon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imron Xon
 Pokiston bosh vaziri
Mansab davri
18-avgust 2018-yildan – 10-aprel 2022-yilgacha
Prezident Mamnun Husayn
Orif Alviy
Oʻtmishdoshi Nosirul Mulk
Vorisi Shahboz Sharif‎
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-oktyabr 1952-yil
Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan qo‘shma matbuot anjumani (15.07.21)

Imron Xon (urdu: عمران احمد خان نیازی, inglizcha: Imran Khan; 1952-yil 5-oktyabrda tugʻilgan[1]) 22- hamda amaldagi Pokiston bosh vaziridir. U, shuningdek, sobiq professional kriket oʻyinchisi va Adolat harakati partiyasi lideridir. Bosh vazir lavozimiga 2018-yili kelgan[2].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imron Xon 1952-yil 5-oktyabrda (boshqa manbaga koʻra 25-noyabrda) Lohur shahrida tugʻilgan. Otasi injener-quruvchi boʻlgan. 1971-yil 18 yoshli Imron kriket boʻyicha Pokiston terma jamoasi safida Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinga tushgan. Angliyaga koʻchib oʻtganidan keyin 1973—75-yillar u Oxford universiteti jamoasida oʻynagan va 1974-yildan jamoa sardori boʻlgan. 1982-yildan 1992-yilgacha Imron Xon kriket boʻyicha Pokiston terma jamoasi sardori boʻlgan. Adolat harakati partiyasiga asos solganidan soʻng Pokistonning eng mashhur siyosatchilaridan biriga aylandi. Uning mitinglariga 100 minglab odamlar toʻplangan. U Imran, All-Round View, The Warrior Race asarlarining muallifidir.

Oʻzbekistonga tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston va Pokiston kelishuvlariga asosan Oʻzbekiston Pokiston savdo tarmoqlari uchun Markaziy Osiyo mintaqasiga kirish eshigi sifatida foydalidir. Pokiston esa Oʻzbekistonga dengiz portlaridan foydalanishga imkon beradi. Shu maqsadda Pokiston bosh vaziri Imron Xon 2021-yil iyul oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi[3]

  1. „#HappyBirthdayIK: PTI Chairman Imran Khan turns 62“. DAWN.COM. Dawn (5-oktyabr 2014-yil). 7-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktyabr 2016-yil.
  2. SMI: Imran Xan izbran novim premer-ministrom Pakistana — Mejdunarodnaya panorama — TASS
  3. „Покистон бош вазири Ўзбекистонга келади“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.